06:39 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64

AQSH senati saudiya shahzodasi jazolanishini talab qilmoqda

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Dunyoda
Havola olish
Saudiyalik jurnalist Jamol Xashoggining oʻldirilishi (7)
366 0 0

AQSH Senati rezolyutsiyasi loyihasi respublikachi senator - Lindsi Grem tomonidan Respublikachilar va Demokratlar partiyalari vakillari tomonidan tayyorlangan. Hujjat, agar u qabul qilinmasa, qonuniy kuchga ega boʻlmaydi, shunchaki senat pozitsiyasini qayd etadi

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. AQShning bir guruh senatorlari kongress yuqori palatasiga Saudiya Arabistoni merosxoʻr shahzodasi Muhammad bin Salmon al Saudni jurnalist Jamol Xashoggi oʻlimi tufayli javobgarlikka jalb qilish talabi bitilgan rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi.

Saudiya Arabistoni hukumatiga muxolif boʻlgan jurnalist Xashoggi amerikaning Washington Post nashrida sharhlovchi boʻlib ishlagan va 2017 yildan AQShda yashab kelgan, Turkiyada 2 oktyabr kuni, Istanbuldagi Saudiya Arabistoni bosh konsulligi binosiga kirgach izsiz yoʻqolgan. Sal keyin Istanbul prokuraturasi Xashoggi qasddan oʻldirilgani, bosh konsullik binosida boʻgʻib oʻldirilganidan soʻng jurnalist tanasi burdalanib yoʻq qilingani haqida eʼlon qilgan edi.

AQSH Senati rezolyutsiyasi loyihasi respublikachi senator - Lindsi Grem tomonidan Respublikachilar va Demokratlar partiyalari vakillari tomonidan tayyorlangan. Hujjat, agar u qabul qilinmasa, qonuniy kuchga ega boʻlmaydi, shunchaki senat pozitsiyasini qayd etadi.

Hujjatga koʻra Muhammad bin Salmon merosxoʻr shahzoda sifatida, "qotillik vaqtida xavfsizlik kuchlarini nazorat qilgani uchun", toʻgʻridan-toʻgʻri jinoyatda aybdor deb eʼlon qilinmoqda.

"Ushbu idora(AQSH senatiga - tahr.)ga taqdim etilgan dalillar va tahlillarga tayanib, senat Muhammad bin Salmon Jamol Xashoggi oʻlimiga aralashganiga yuqori darajada ishonch bildiradi… Qoʻshma Shtatlar Hukumatini va dunyo hamjamiyatini Jamol Xashoggi qotilligida aybdorlar barcha tomonlarni, shu jumladan Muhammad bin Salmonni javobgarlikka tortishga chorlamoqda", - deyilgan hujjat matnida.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni Qatar bilan diplomatik aloqalarni tiklashga, bu davlat bilan boʻlayotgan mojaroning siyosiy yechimini topish borasida kelishishi, saudiyalik bloger Raif Badaviy, "saudiya ayollari huquqi uchun" harakati faollari va boshqa hibsga olingan siyosiy mahbuslarni ozodlikka chiqarishga daʼvat qilingan.

Xashoggining oʻldirilishi atrofida vaziyatning zidiylashuvi Saudiya Arabistonining qator davlatlar bilan munosabatlari oʻtkir tus olishiga olib keldi. Ammo AQSH prezidenti Donald Tramp ikkiyoqlama muhim siyosiy va iqtisodiy aloqalarni saqlab qolish uchun qirollik bilan mojaroga bormasligini maʼlum qildi. Bu qarorni Trampning AQShdagi va xorijdagi raqiblari qattiq tanqid ostiga oldilar.

Mavzu:
Saudiyalik jurnalist Jamol Xashoggining oʻldirilishi (7)

Asosiy mavzular