23:25 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Ispolzovaniye sotovoy svyazi

Internet orqali tanishuv tobora xatarli boʻlmoqda – Britaniya OAVlari

© Flickr / Garry Knight
Dunyoda
Havola olish
309 0 0

Soʻnggi uch yil ichida mamlakatda internet orqali tanishib, jabr koʻrganlar soni ikki baravarga koʻpaydi.

TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik. Buyuk Britaniyada onlayn-tanishuv bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar oʻsishi qayd etildi, deb xabar qilmoqda The Daily Mail nashri.

Haftasiga internet orqali tanishuvdan soʻng jabrlangan 20 nafardan ortiq kishi politsiyaga murojaat qilmoqda. Agar 2015 yilda shunga oʻxshash 422 ta murojaat qayd etilgan boʻlsa, 2018 yilga kelib ushbu koʻrsatgich 1087 gacha oʻsdi. Bular hammasi rasmiy maʼlumotlar, xolos.

Politsiyaga qilingan murojaatlar tafsilotlari ochiqlanmagan, biroq nashrning yozishicha, onlayn-tanishuvga bogʻliq boʻlgan jinoyatlarning taxminan uchdan biri jinsiy xususiyatga ega boʻlgan harakatlardan iborat. Taʼkidlanishicha, tanishuv ilovalaridan firibgar va zoʻravonlar foydalanishadi.

44 yoshli britaniyalik Anna Rou “Tinder” ilovasi orqali Entoni Rey ismli erkak bilan tanishgani va u bilan yarim yil davomida gaplashgani, soʻngra “soxta” erkak bilan suhbatlashib yurganini bilib qolganini ochiq ravishda maʼlum qiladi. Shundan keyin bu muammoga eʼtibor qaratishadi. Maʼlum boʻlishicha, “Entoni Rey” bollivud yulduzi Saif Ali Xon suratini oʻziniki qilib koʻrsatgan.

Endilikda Rou Buyuk Britaniya hukumatidan qonunan soxta akkauntlarni taqiqlab qoʻyishini talab qilmoqda.

Asosiy mavzular