16:52 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL)

“ISHID” asta-sekin Afgʻoniston shimoliga oʻtmoqda – Qirgʻiziston xavfsizlik kengashi

© AP Photo / Militant website via AP, File
Dunyoda
Havola olish
989 0 0

Qirgʻiziston xavfsizlik Kengashi kotibi Damir Saginbayevning soʻzlariga koʻra, Suriyada magʻlubiyatga uchragan “Islom davlati” jangarilari asta-sekin Afgʻoniston shimoli Markaziy Osiyo chegaralari yaqiniga oʻtmoqda.

TOSHKENT, 7 fev – Sputnik. Suriyadan kelgan jangarilar Markaziy Osiyo davlatlariga xavf solmoqda. Bu haqda Qirgʻiziston xavfsizlik Kengashi kotibi Damir Saginbayev maʼlum qildi.

Kotibning soʻzlariga koʻra, Qirgʻizistonda, umuman dunyoda mavjud boʻlgan zamonaviy xavflar - terrorizm va ekstremizm katta kuch va vositalarni toʻplayotganligini koʻrsatmoqda.

“Suriyada magʻlubiyatga uchragan “Islom davlati” asta-sekin Afgʻoniston shimoli Markaziy Osiyo chegaralariga yaqin joyga oʻtmoqda”, - dedi Saginbayev.

Xavfsizlik kengashi kotibi maʼlum qilishicha, Qirgʻiziston mamlakat janubidan Rossiyaning ikkinchi aviabazasini ochish masalasi na prezident, na xafsizlik Kengashi darajasida koʻrilmayapti.

Uning soʻzlariga koʻra, jangarilarni bostirish uchun Tojikiston va Qirgʻizistonda joylashgan bazalar va huquq tartibot organlari bilan birgalikda katta kuchga ega.

AQSH va uning ittifoqdosh davlatlar Suriyada 2014 yildan beri “Islom davlati”ga qarshi operatsiya oʻtkazishmoqda. Ular Suriya hukumati ruxsatisiz faoliyat yuritmoqdalar.

Dekabr oyida AQSH prezidenti Donald Tramp Islom davlati ustidan gʻalaba qozonilganligi sababli Suriyadan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketishini maʼlum qilgandi.

Asosiy mavzular