03:46 11 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Chernika

Inson xotirasini yaxshilaydigan 7 ta mahsulot roʻyxati – AQSH olimlari tadqiqoti

© CC0 / pixabay
Dunyoda
Havola olish
169110

Amerikalik toʻgʻri ovqatlanish olimlari inson miyasi va xotirasini yaxshilaydigan yettita mahsulot nomini maʼlum qilishdi.

TOSHKENT, 5 apr – Sputnik. Amerikalik diyetologlar inson xotirasini yaxshilovchi mahsulotlarni aniqlashdi. Daily Sabah nashri xabariga asosan.

Inson miyasini toʻlaqonli ishlashini va xotirasini yaxshilash maqsadida kurkuma isteʼmol qilish kerak. Olimlar fikriga koʻra, kurkumin va turmeron tufayli xushboʻy taʼm inson xotirasiga foydali taʼsir qiladi. Bu tarkibi antioksidantlarga boy boʻlib, inson miyasida xavfli jarayonlarni toʻxtatadi.

Xotira yanada mustahkamlash uchun yongʻoq isteʼmol qilish kerak. Tadqiqotchilar fikriga koʻra, doimiy ravishda yer yongʻogʻi, funduk, bodom, keshyu, pekana, kunjut, Braziliya yoki grek yongʻogʻini isʼtemol qilinsa, koʻproq maʼlumotlarni eslab qolish mumkin.

Diyetologlar yongʻoqlar xotirani mustahkamlaydi va miya faoliyatini yaxshilaydi. Ushbu mahsulot optimal miya ishlash funktsiyasini saqlab qolishga yordam beradi. Bundan tashqari, yongʻoq inson asabi va kayfiyatiga ijobiy taʼsir qiladi.

Koʻkatlar doim har bir inson ratsionida boʻlishi kerak. Petrushka, ukrop, shpinat, brokkoli A va K vitaminlariga juda boy. Ular inson miya sogʻligʻi kaliti hisoblanadi. Bundan tashqari, koʻkatlar miyani  stress va ortiqcha kuchlanishdan himoya qiladi.

Qator tadqiqotlar natijasida amerikalik mutaxassislar chernika mevasi nafaqat koʻrish qobiliyatni yaxshilaydi, balki xotira va eʼtiborni yaxshilaydi. Shuningdek, chernika yalligʻlanish qarshi va antioksidant moddalarga juda boy.  

Kakao ham inson miya faoliyatni yaxshilashga yordam beradi. Olimlarning fikriga koʻra, dukkakli mahsulotlar muntazam isteʼmol qilish natijasida - tonusni oshiradi, immun va asab tizimlarini qoʻllab-quvvatlaydi, qon bosimini pasaytiradi va viruslardan himoya qiladi. Kakaoning yoshartirish xususiyatlari ham mavjud.

Baliq - Omega-3 moddasining eng yaxshi manbaa hisoblanadi. Bu mahsulot ham xotira va miyani mustahkamlaydi. Omega-3 kislotalari nerv hujayralari tomonidan yuborilgan signallarni kuchaytiradi va miyaning tezroq ishlashiga yordam beradi.

Toʻgʻri ovqatlashish mutaxassislari soʻzlariga koʻra, talab qilinadigan Omega-3 miqdorini olish uchun haftasiga kamida 2-3 marta baliq isteʼmol qilish kerak. Vitamin va foydali elementlarini saqlab qolish uchun mahsulotni qovurish kerak emas.

Xotirani mustahkamlaydigan yana bir mahsulot bu tuxum sarigʻi. Uning tarkibida D va V vitaminlari, foliy kislotasi va xolin moddalariga juda koʻp.

Asosiy mavzular