Xonanda Aziza turmushga chiqmoqda

Obuna bo‘lish
Xonanda Aziza Muxammedova ilk bor turmushga chiqmoqda.

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. 90 – yillarda Rossiyaning eng mashhur xonandalaridan biri bo‘lgan estrada xonandasi Aziza Muxammedova  turmushga chiqmoqda, deb xabar qilmoqda Rossiya OAVlari.

Xonanda uzoq yillar davomida birga ishlagan yaqin do‘sti, kompozitor Oleg Beskrovniydan unga turmushga chiqish taklifini qabul qilgan.

Pevitsa Aziza - Sputnik O‘zbekiston
Taniqli xonanda Aziza o‘zbekcha qo‘shiq kuylab berdi

Aziza aytishiga qaraganda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan 30-yildan beri tanish. Beskrovniy  bir necha yil oldin unga turmushga chiqishni taklif qilgan, lekin Aziza unga rad javobini bergan.

OAV xabariga ko‘ra, to‘y yaqin orada bo‘lib o‘tishi kerak. Ayni damda Aziza nikoh ko‘lagi tanlash va boshqa to‘y tashvishlari bilan band. To‘yga bir necha estrada xonandalari taklif qilingan.

Ma’lumot uchun, Muxamedova Aziza Abduraximovna 1964-yilda Toshkentda professional musiqachilar oilasida tug‘ilgan. Aziza 16 yoshida Toshkentda tashkil qilingan “Sado” vokal-instrumental ansamblining solisti sifatida boshlaydi.

1989 yilda Aziza Moskvaga ko‘chib o‘tadi va yakkaxon xonanda sifatida ijod qila boshlaydi. Azizaning ijod yo‘li yengil yoki doimo mufaffaqiyatli bo‘lgan deb aytish qiyin, lekin uning qo‘shiqlarida har doim o‘ziga xoslik va kuchli energiya saqlanib qolgan. Azizaning eng mashhur  qo‘shiqlarini Rossiyada ko‘pchillik yaxshi biladi. Ular “Tvoya ulibka”,  “Vse ili nichego”, “Nevezuxa”, “Byetsya serdse moe”, “Vostochnaya” va boshqalar.

Yangiliklar lentasi
0