Shri-Lankada teraktlardan so‘ng 40 kishi qo‘lga olindi – OAV

© REUTERS / Dinuka LiyanawatteShri-lankiyskie voyennie vozle mesta vzriva v Kolombo, Shri-Lanka
Shri-lankiyskie voyennie vozle mesta vzriva v Kolombo, Shri-Lanka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, teraktlar oqibatida 310 kishi halok bo‘ldi, 480 kishi jarohatlandi.

TOShKENT, 23 apr – Sputnik. Shri-Lanka politsiyasi qator portlashlardan so‘ng 40 kishini qo‘lga oldi. RIA Novosti News 1st telekanaliga asosan xabar qildi.

Boris Volxonskiy - Sputnik O‘zbekiston
Shri-Lankadagi teraktlar orqasida kim turibdi – ekspert fikri

Barcha gumonlanuvchilar jinoyat qidiruv departamentida ushlanib turilibdi.

21 aprel kuni Shri-Lankada katoliklar Pasxa bayram marosimida 8 ta portlash sodir bo‘ldi. Birinchi oltita – Kolombo, Negombo, Battikaloa shaharlardagi cherkov va otellarda, yettinchi orolning g‘arbida, sakkizinchi Kolomboning aholi turar majmuada sodir bo‘ldi.

Mahalliy OAVlarga qaraganda, teraktlarni hudkush-terrorchilar tomonidan sodir etdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 310 kishi halok bo‘ldi, 480 kishi jarohatlandi.

Dushanba kuni Kolomboda yuk mashinasida yana bir bomba aniqlandi.

Saporlar terakt sodir etilgan cherkov yonida topilgan bombani zararsizlantirish vaqtida yuk mashinasi portlab ketgan.

Mamlakat hukumati 23-aprel kuni motam kuni e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0