03:59 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Rouxani, foto iz arxiva

Eron yadroviy bitim boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishni toʻxtatdi

© Sputnik / Sergey Guneyev
Dunyoda
Havola olish
511 0 0

Eron yadroviy dasturi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishni toʻxtatishi haqida Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Xitoy va Rossiyaga maktub yubordi.

TOSHKENT, 8 may – Sputnik. Tehron Eron yadroviy dasturi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishni toʻxtatishi haqida Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Xitoy va Rossiyaga maktub yubordi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Bu xatlarda biz ularga, bir yil kutganimizni <...>  va barcha oʻz majburiyatlarimizni bajarib keldik. Bugun biz qoʻshma harakatlar rejasi(5+1)da chiqmoqchi emasmiz, bugun bitim doirasida yangi qadamlar qabul qilinadi”, - dedi Eron prezidenti Xasan Ruhoniy.

Eron yetakchisining soʻzlariga koʻra, yadroviy bitimga hali toʻliq nuqta qoʻyilmadi.

Biroq Tehron barcha cheklovlarga amal qilishga majbur emas deb hisoblaydi va bitimning ikkita bandi boʻyicha oʻz siyosatini oʻzgartiradi. Ular boyitilgan uran va ogʻir suv zaxiralarini saqlash bilan bogʻliq.

Eron Tehron manfaatlarini taʼminlash, xususan bank va neft sohalari boʻyicha 5 ta mamlakatga 60 kun berdi.    

“Bu amalga oshirilmagan taqdirda, keyingi qadam Arakdagi reaktorning modernizatsiyasi toʻxtatiladi, shuningdek boyitilgan uran darajasi boʻyicha cheklovlardan voz kechiladi", - deyilgan Eron milliy xavfsizlik boʻyicha Oliy kengashining bayonotida.   

Yadroviy kelishuv

2015 yil Eron va “oltita” xalqaro vositachilar (Rossiya, AQSH, Britaniya, Xitoy, Frantsiya, Germaniya) koʻp yillik muammo – Eron atomi boʻyicha tarixiy kelishuvga erishilgandi.

2018 yil may oyida Donald Tramp Vashington bitimdan chiqishini eʼlon qildi. Shuningdek, AQSH prezidenti Tehronga nisbatan barcha sanktsiyalar tiklanishini maʼlum qildi. Shu jumladan, Eron bilan biznes qiladigan mamlakatlarga nisbatan ham santsiyalar joriy etilishi haqida aytib oʻtgandi. Bundan tashqari, Eron neftini eksportini 0 darajasiga yetkazish maqsadi oʻrganib chiqildi.

Qolgan beshta davlat va Tehron AQSH sanktsiyalarini chetlab oʻtish boʻyicha hisob-kitob uchun moliyaviy mexanizmini ishlab chiqishga kelishishdi.

Asosiy mavzular