21:11 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63

Odam tishlariga ega dengiz mahluqi: AQShdagi gʻaroyib topilma suratlari

© Foto: Daily Star
Dunyoda
Havola olish
94310

Oʻlik baliq qirgʻoqda topilgan. Uning ogʻiz boʻshligʻida bir necha qator yumaloq shaklga ega tishlar bor edi.

TOSHKENT, 18 may – Sputnik. Amerikaning Jorjiya shtatida bir ayol dengiz qirgʻogʻidan gʻaroyib baliq topib oldi. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.

Jorjiyalik ayol Seynt Saymons oroli qirgʻogʻida farzandi bilan sayr qilib yurib, oʻlik baliqqa koʻzi tushadi. Yaqinroq borgach esa, dengiz jonivorining tishlari xuddi odam tishlarini eslatishini koʻradi.

Baliq ogʻiz boʻshligʻida bir necha qator yumaloq tishlar mavjud edi.

"Men shok holatiga tushdim, chunki shu paytga qadar bunaqasini koʻrmaganman", - deydi ayol.

V glubine rta u rыbы raspolojeno neskolko ryadov zubov krugloy formы.

Mutaxassislarning izohiga koʻra, bu baliq - keypkod tovonbaligʻi, va bu baliqning tishlari juda yaxshi rivojlangan boʻladi. Dengiz jonivori uzunligi esa 75 santimetrgacha yetishi mumkin.

Asosiy mavzular