TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Qozogʻistonda 8 iyun kuni sukunat kuni eʼlon qilindi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qildi.
Qozogʻiston qonunchiligiga koʻra, ushbu kunda nomzodlar saylovoldi tashviqot tadbirlarini toʻxtatishi lozim. Sukunat kunining vazifasi - har bir saylovchi tanlovining mustaqilligini taʼminlash, har qanday taʼsir, ruhiy bosimdan himoya qilish.
Ilgari saylov komissiyalari xonalari va ovoz berish xonalari tashqarisida ilingan bosma targʻibot materiallari avvalgi joylarda saqlanishi mumkin.
Qozogʻistonda 9 iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi boʻlib oʻtadi. Davlat rahbari lavozimiga 7 kishi daʼvogarlik qilmoqda: “Nur Otan” partiyasidan Kasim-Jomart Tokayev, “Aq jol” partiyasidan Daniya Yespayeva; “Qozogʻiston Kommunistik xalq partiyasi”dan Jambil Axmetbekov, “Auil” partiyasidan Toleutay Rahimbekov, “Yil tagʻdiri” milliy-vatanparvar harakatidan Amirjon Kosanov; yozuvchi va jamoat arbobi Sadibek Tugel; Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati kasaba uyushmalari hududiy birlashmasi raisi Amangeldi Taspixovlar