02:15 11 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Prezident Kazaxstana Kasыm-Jomart Tokayev

Qozogʻiston saylangan prezidenti: Tokayev haqida nimalar maʼlum

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
Dunyoda
Havola olish
68010

Qozogʻiston MSK dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Qosim-Jomart Tokayev navbatdan tashqari prezident saylovida gʻalaba qozondi.

TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. Akorda rasmiy rasmiy saytida Qosim-Jomart Tokayevning tarjimai holi joylashtirilgan.

Qosim-Jomarta Tokayevaning ota-onasi

Qosыm-Jomart Kemelevich 1953 yil 17 mayda Olma-ota shahrida tugʻilgan. Otasi – Kemel Tokayevich Tokayev (1923-1986), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, taniqli yozuvi, qozoq adabiyotidagi detektiv janri asoschisi. Onasi – Turar Shabarbayeva (1931-2000), Olma-Ota pedagogika xorijiy tillar institutida ishlagan.

Maʼlumoti

Tokayev 1975 yilda Moskva davlat xalqaro aloqalar institutini tamomlagan. Diplom old amaliyotini Xitoyda Sobiq ittifoq elchixonasi oʻtdi. 1983-1984 yillarda Pekin lingvistika institutida amaliyot oʻtagan. 1992 yilda Rossiya TIV Diplomatiya akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

Ish faoliyatini 1975 yilda Sobiq ittifoq Tashqi ishlar vazirligida boshladi va Singapurda sovet elchixonasida ishlashga yuborildi. 1979 yilda Sobiq ittifoq TIV apparatiga qaytdi. 1984-1985 yillarda Sobiq ittifoq Tashqi ishlar vazirligida ishladi, keyinchalik Xitoyga sovet elchixonasida ishlash uchun yuborildi. U yerda 1991 yilgacha ikkinchi kotib, birinchi kotib va maslahatchi lavozimida ishladi.

1992 yilda Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. 1993 yilda TIV vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimini egalladi. 1994 yilda Tashqi ishlar vaziri boʻldi. 1999 yil oktyabrda parlament ruxsati bilan Qozogʻiston prezidenti qaroriga asosan mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinlandi. 2002 yil yanvarda Davlat maslahati – Tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi. 2003-2007 yil – Tashqi ishlar vaziri. Bu lavozimda ishlagan vaqtda yadroviy qurolni tarqalmasligi jarayonida faol qatnashdi.

2007 yil yanvarda Qozogʻiston senat raisligiga saylandi. 2008 yilda parlamentning yuqori palatasi spikeri sifatida YEXHT parlament assambleyasi prezidenti oʻrinbosari lavozimiga saylandi.

2011 yil martda BMT bosh kotibi oʻrinbosari, Jenevada BMT boʻlinma bosh direktori, shuningdek Qurolsizlanish Kontserentsiyasi BMT bosh kotibining shaxsiy vakili lavozimida faoliyat koʻrsatdi. Shuningdek, qurolsizlanish Konferentsiyasi bosh kotibi lavozimida ishlagan.

SHHT va MDH tashqi ishlar vaziri kengashi raisi lavozimiga saylangan.

2013 yil 16 oktyabrda Qozogʻiston parlament senati raisi lavozimiga saylandi.

2019 yil 20 martda Qozogʻiston Respublikasi prezidenti sifatida qasamyod qildi.

2019 yil 9 iyunda oʻtkazilgan prezident saylovida qatnashdi. MSKning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, saylovchilarning 70,76 foiz ovozlarini toʻplab, gʻalaba qozondi.  

2007 yilda “Nur Otan” partiyasi va “Nur Otan” partiyasi siyosiy kengashi Byurosi aʼzosi. Qozogʻiston Respublikasi Xavfsizlik kengashi aʼzosi.

Favqulodda va muhtor elchi. Siyosiy fanlar doktori. Jahon gumanitar va tabiiy fanlar akademiyasining aʼzosi. Xavfsizlik boʻyicha Myunxen konferentsiyasi aʼzosi. Shenchjen universiteti (Xitoy) va Rossiya TIV Diplomatiya akademiyasi faxriy professori. Xalqaro aloqalar boʻyicha Qozogʻiston Kengashi faxriy prezidenti. Diplomatiya va xalqaro aloqalar Jeneva maktabining faxriy dekani. Rossiya biografik jamiyati versiyasiga koʻra “2018 yil – Yil Odami” laureatlar roʻyxatiga kirdi. 13 yil davomida Qozogʻiston stol tennisi boʻyicha Federatsiyasiga rahbarlik qilgan.

Tokayev hayotidan qiziqarli faktlar

Xalqaro aloqalar masalalariga bagʻishlangan 10 ta kitob muallifi.

Koʻplab Qozogʻiston va xorijiy davlat mukofotlari va medallar bilan taqdirlangan. Sogʻlom turmush tarzi tarafdori. Badiiy, siyosiy, tarixiy adabiyotlarni oʻqishga qiziqadi.

Ajrashgan. Bir nafar oʻgʻil farzandi – Timur Kasimjomartovich Tokayev.  

Asosiy mavzular