10:38 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
62901

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15 nafar gubernatorni lavozimidan ozod qildi.

TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15 nafar gubernatorni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti Ukraina prezidenti administratsiyasi boshligʻi oʻrinbosari Ruslan Ryaboshapkaga tayanib xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Ukraina yetakchisi Odessa, Chernigovsk, Xmelnitsk, Xerson, Ternopolsk, Sumsk, Poltava, Nikolayev, Lvov viloyati rahbarlarini ishdan boʻshatgan.

Bundan tashqari, Kirovograd, Kiyev, Ivano-Frankovsk, Zaporojye, Karpat orti i Volinsk viloyatlari gubernatorlari isteʼfoga chiqarilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Zelenskiy Ukraina albatta NATOga kirishi, faqat bu masala referendumda koʻrib chiqilishini maʼlum qilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular