Putin Ukraina bilan munosabatlarni qayta tiklashga umid bildirdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF
Prezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bilan birga, Putin Ukraina yangi prezidentining faoliyatiga hozircha baho bera olmasligini ta’kidlagan.

TOShKENT, 13-iyun - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan munosabatlarni qayta tiklashga umid bildirdi. Bu haqda “MIR” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Biz munosabatlarimizni qayta tiklashimiz muqarrar. Elita bilan bo‘lgan munosabatimiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar bir xalq qismlari yoki ikki qardosh xalq o‘rtasida bunday bo‘lishi mumkin emas”, - deya Putin so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Prezident RF V. Putin na Peterburgskom mejdunarodnom ekonomicheskom forume. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Putinning Zelenskiy haqidagi so‘zlari hammani kuldirdi

Shuningdek, Rossiya yetakchisi Ukraina yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy hozirgi muammolarni hal qilish uchun ichki siyosatda ham, tashqi siyosatda ham Rossiya bilan ikki tomonlama munosabatlarni tiklash uchun yanada g‘ayratliroq harakat qilishiga umid bildirdi.

“Yangi rahbariyat, umid qilamanki, ichki Ukraina, birinchi navbatda, iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi muammolarni hal qilishdan qochish uchun rusofobik uydirmalar va g‘oyalar bilan niqoblanmaydi”, - dedi Putin.

Shu bilan birga, Putin Ukraina yangi prezidentining faoliyatiga hozircha baho bera olmasligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0