00:01 23 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Smena karaula v Ispravitelnoy kolonii

Tojikiston qamoqxonasida uyushtirilgan isyon ortida kim turgani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Dunyoda
Havola olish
1601 0 0

Vahdat shahridagi qattiq rejimdagi koloniyada yuz bergan isyon oqibatida uch nafar qoʻriqchi va 29 nafar mahbus oʻldirilgandi.

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti (Rossiyada taqiqlangan) Tojikistonning Vahdat shahri yaqinidagi koloniyadagi isyon uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

“Al-Nabaa” haftalik gazetasida terrorchilik tashkiloti Tojikiston koloniyasidagi gʻalayonni “xalifat askarlari” sodir etganini tasdiqlagan.

Eslatib oʻtamiz, 19 may kuni Dushanbe shahridan 15 kilometr janubi-sharqda joylashgan Vahdat shahridagi qattiq rejimdagi koloniyada isyon koʻtarilgandi. Isyon oqibatida uch nafar qoʻriqchi va 29 nafar mahbus oʻldirilgandi.

Tojikiston Adliya vazirligining maʼlum qilishicha, koloniyada tartibsizliklarga Behruz Gulmurod (Halimov), Faxriddin Gulov, Maxmadullo Sharipov, Ruxullo Hasanov bevosita rahbarlik qilgan. Behruz Gulmurod – sobiq Tojikiston OMON qoʻmondoni Gulmurod Halimovning oʻgʻli, u 2015 yilda terrorchilik tashkilotiga qoʻshilgan va Suriyada oʻldirilgan. Behruzga 2017 yilda 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangandi.

Asosiy mavzular