00:05 20 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Bыvshiy prezident KR Almazbek Atambayev posle press-konferentsii na territorii svoyego doma v sele Koy-Tash

Atambayev tarafdorlari hukumat isteʼfosini talab qiladi

Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
Dunyoda
Havola olish
846 0 0

Sobiq davlat rahbari tarafdorlari “xalq shtabini” tuzib, qator talablarni qoʻyishdi.

TOSHKENT, 27 iyun – Sputnik. Agar Qirgʻiziston hukumati bir nechta talablarni bajarmasa, sobiq prezident tarafdorlari hukumat isteʼfosini talab qiladi, bu haqda Joʻqorgʻu Keneshi deputati, Qirgʻiziston ijtimoiy-demokratik partiyasi siyosiy kengash aʼzosi Irina Karamushkina maʼlum qildi.

Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan.

Qoʻy-Tosh qishlogʻida Atambayevning tarafdorlari ishtirokida matbuot anjuman oʻtkazildi.

“Agar qisqa vaqt ichida hukumat xalq shtabi talablarini bajarmasa, biz uning isteʼfosini talab qilamiz. Maydonga chiqamiz, erkin mikrafon tashkil qilib, hammasini aytamiz. Xudo koʻrsatmasin, lekin uchinchi inqilob boʻlishi mumkin. Qon toʻkilmasligiga harakat qilamiz, biroq maydonda miting qilish bizga qonun bilan ruxsat berilgan”, - dedi Karamushkina.

Bugun, 27 iyun kuni Joʻqorgʻu Kenesh Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomidan mahrum etdi. Mamlakat bosh prokurori Oʻtkurbek Jamshitov unga nisbatan beshta ayblov ilgari surilganini maʼlum qildi. Amaldagi tartibga koʻra, Atambayev soʻroqqa chaqirtirilishi kerak.

Asosiy mavzular