15:27 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Qozon shahrida oilasi bilan qochib ketgan gʻaznachi-ayol qoʻlga olindi

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Dunyoda
Havola olish
430 0 0

Bankdan 20 million rublni katta miqdorda pulni oʻgʻirlashda gumonlanuvchi gʻaznachi ayol ikki oy qidiruvda boʻlgan.

TOSHKENT, 5 iyul – Sputnik. Qozon shahrida Salavatdagi bankdan 20 million rubl oʻgʻirlashda gumonlanuvchi gʻaznachi qoʻlga olindi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volkga asosan xabar qildi.

Boshqirdiston IIV matbuot xizmati bank gʻaznasidan pul oʻgʻirlashda gumonlanuvchi ayol may oyida qidiruvga berilgani haqida xabar qildi. Taʼkidlanishcha, ayol bilan uning oilasi ham gʻoyib boʻldi.  

Ayol Qozon shahrida ijara uyda qoʻlga olindi. Hozirgi vaqtda tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻgʻirlangan pullar haqida hech qanday maʼlumot yoʻq.

Shu bilan birga, politsiya xodimlari tomonidan ayolning qiz farzandlari va turmush oʻrtogʻini qidirish ishlari davom etmoqda. Bundan avval ayolga tegishli boʻlgan avtomashina topildi.

Asosiy mavzular