02:51 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

U erkak emas - Ramzan Qodirov Putinni haqorat qilgan jurnalist haqida

© Sputnik / Said Tsarnayev
Dunyoda
Havola olish
1604 0 0

U erkak ham emas, kavkazlik ham emas - Ramzan Qodirov Putinni haqorat qilgan jurnalist haqida.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Gruziya telekanalida sodir boʻlgan voqeaga izoh berdi. Qodirov Putinni haqorat qilgan jurnalist Georgiy Gabuniyani – Gruziya va butun Kavkazga isnod keltirganini taʼkidladi.

“U Kavkaz oʻgʻloni ham emas, erkak ham emas, togʻlik ham emas. Kavkazda erkak kishi bunday soʻzlarni hatto oʻzining ashaddiy dushmaniga ham aytmaydi”, - deb yozgan Qodirov oʻzining telegram kanalida.   

Boʻlib oʻtgan voqeada Qodirov nafaqat Gabuniyani, balkim uni ishga qabul qilgan telekanalni ham aybladi.

“Biz oʻzimizni Gruziya tomonidan doimiy ravishda amalga oshirilayotgan dushmanona harakatlarni koʻrmaslikka ola olmaymiz. Shuning uchun Gruziyaga nisbatan qattiq sanktsiyalar kiritish kerak deb oʻylaymiz. Faqat ushbu sanktsiyalar Rossiya fuqaroligini qabul qilgan gruzinlarga zarar keltirmasligi kerak,” – dedi Qodirov.

Eslatib oʻtamiz, Gruziyadagi "Rustavi2" telekanali boshlovchisi yakshanba kuni efirda 1 daqiqa davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni va uning marhum ota-onasini haqorat qilgan edi.

Ushbu voqeadan bir necha soat oʻtib telekanal atrofida favqulodda miting toʻplandi. Jurnalist xatti-harakatidan norozi boʻlgan odamlar uni ishdan haydashni va umuman ushbu telekanalni yopishni talab qila boshlashdi.

Maʼlumot uchun, “Rustavi2” telekanali Gruziyaning sobiq prezidenti Saakashvili yetakchilik qilgan “Yagona milliy harakat” partiyasiga tegishli boʻlgan. Ayni damda partiya barcha yoʻnalishlarda inqirozga uchragan boʻlsada, uning ayrim vakillari haliyam provokatsiyalar uyushtirishga urinishlarini toʻxtatmagan. Putinni haqorat qilgan jurnalist Georgiy Gabuniya - Saakashvili davridan qolgan provokator, desak adashmaymiz.  

Ikki hafta oldin Rossiya parlamenti delegatsiyasining Tbilisiga tashrifi vaqtida poytaxt koʻchalarida Rossiyaga qarshi mitinglar boʻlib oʻtgan edi. Ushbu mitinglar Gruziya hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanmasa-da, ularga barham berish uchun ham jiddiy choralar koʻrilmagan edi. Shu sabab Rossiya hukumati Gruziyaga sayyohlar yuborishni cheklashni maʼqul koʻrdi.

Asosiy mavzular