22:44 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Zolotыe slitki

Rossiya aholisiga dollar oʻrniga oltin taklif qilindi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk
Dunyoda
Havola olish
145810

Rossiya markaziy banki aholiga jamgʻarmalarni dollarda emas oltinda saqlashni taklif qildi.

TOSHKENT, 31 iyul — Sputnik. Soʻnggi bir necha yil davomida Rossiya dollardan faol voz kechmoqda.Ana shunday qadamlardan yana biri – bu oltin olib sotilganda 20 % li qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlash haqidagi qonunning bekor qilishi boʻldi, deb yozadi RIA Novosti.  

“20% li QQSning bekor qilinishi - bundan buyon aholi tomonidan oltin yombilaridan ishonchli jamgʻarma sifatida foydalanishiga olib keladi. Undan tashqari fuqarolar oltin yombilaridan daromad olish maqsadida ham olib sotishlari mumkin”, - deb hisoblaydi “Otkrыtiye” banki vitse-prezidenti Aleksey Zaytsev.

Bugungi kunda Rossiya aholisi yiliga 3-4 tonna oltin sotib olgan boʻlsa, endi yiliga 50 tonna oltin yombilari sotib olishga oʻtadi va oltin dollar va yevro kabi jamgʻarma saqlash vositasiga aylanadi, deydi mutaxassis.

Umuman bugun butun dunyoda oltinga qiziqish tobora ortib bormoqda. Demak kelajakda uning narxi ham barqaror boʻladi yoki oʻsib boradi. Kelajakda uning narxi 1 untsiyaga 1430 dollardan 1800 dollargacha oshishi mumkin, deb hisoblaydi "Zolotoy monetnыy dom" vitse-prezidenti Aleksey Vyazovskiy.

Mutaxassis fikriga koʻra, oltin sotib olish – demak uzoq muddatli sarmoya kiritish degani. Odatda fuqarolar kamida 50 gramm oltinni kamida 5 yillik muddatga sotib olishadi.

Asosiy mavzular