02:04 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
676 0 0

2018 yilning toʻrtinchi mart sanasida Britaniyaning Solsberi shahrida GRU sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Britaniya politsiyasi Solsberida sodir boʻlgan hodisaga Rossiya hukumatining  aloqasi borligi haqida hech qanday dalilga ega emasligini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti The Guardian nashriga tayanib xabar qilmoqda.

“Biz politsiya xodimlarimiz, shuning uchun dalillar bilan ishlashimiz darkor. Boʻlib oʻtgan voqea uchun javobgarlik kimning zimmasida ekani, kim farmon bergani toʻgʻrisida koʻplab taxminlar mavjud edi. Buning barchasi Rossiya boʻyicha ekspertlar bahosi asosida tuzilgan edi. Menga dalillar lozim”, - dedi Skotland-Yard rahbari oʻrinbosari Nil Basu.

Shu bilan birga, politsiya tergov tomonidan “Skripallarni zaharlashda gumonlanayotgan” Aleksandr Petrov i Ruslan Boshirovga nisbatan ayblovni ilgari surishga tayyor ekaninini bildirdi. Basuning soʻzlariga koʻra, Solsberidagi voqeani surishtirish ishlari davom etmoqda.

Skripallar ishi

2018 yilning toʻrtinchi mart sanasida Britaniyaning Solsberi shahrida GRU sobiq ofitseri Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlandi. Bu katta xalqaro mojaroni keltirib chiqardi. London bu ishda Rossiyaning qoʻli borligi haqida bayonotlar bilan chiqdi, Moskva bu ayblovlarni qatʼiy inkor qilib kelmoqda.

Rossiya bir necha bor hamkorlikda hodisa yuzasidan surishtiruv oʻtkazishni taklif qilgan, ammo London bu tashabbuslarni javobsiz qoldirgan va Skripallarni Moskva tomonga koʻrsatmagan.

Rossiya TIV shuningdek, Britaniya bosh vaziri tereza Meyning yolgʻonlarini fosh etdi. Mey zahar Rossiyada tayyorlanganini aytgan edi. Ammo Porton-Daun laboratoriyasida buni inkor etishdi.

Sal keyin London "Skripallarni zaharlashda gumonlanayotgan" ikki shaxsning suratlarini ommaga eʼlon qildi va ular GRU ofitserlari — Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirovlar ekanligini taʼkidladi. Biroq ular Sputnik va RT bosh muharriri Margarita Simonyanga bergan intervyusida Britaniyada sayyoh sifatida boʻlishganini va maxsus xizmatga hech qanday aloqalari yoʻqligini maʼlum qilishdi.

Asosiy mavzular