07:40 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Gruzinskiy televeduщiy Georgiy Gabuniya

Putinni haqorat qilgan gruziyalik jurnalist ishsiz qoldi

© Facebook / Giorgi Gabunia
Dunyoda
Havola olish
421 0 0

Gruziyaning “Rustavi 2” telekanali jurnalist Georgiy Gabuniyani ishdan boʻshatdi.

TOSHKENT, 20 avg – Sputnik. Gruziyaning “Rustavi 2” telekanali yangi bosh direktori Paata Saliya qator jurnalistlar, jumladan, Georgiy Gabuniya ishdan boʻshatilganini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Telekompaniya axborot xizmati direktori Nodar Meladze manfaatlar toʻqnashuvi tufayli lavozimidan ozod etildi. U bilan birga yana bir nechta jurnalistlar ishdan boʻshatildi, ammo hozir ular mehnat taʼtilida”, - dedi Saliya brifingda.

Eslatib oʻtamiz, Gruziyadagi "Rustavi 2" telekanali boshlovchisi ilgariroq efirda 1 daqiqa davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni va uning marhum ota-onasini haqorat qilgan edi.

Ushbu voqeadan bir necha soat oʻtib telekanal atrofida favqulodda miting toʻplandi. Jurnalist xatti-harakatidan norozi boʻlgan odamlar uni ishdan haydashni va umuman ushbu telekanalni yopishni talab qila boshlashdi.

Putin gruziyalik jurnalistning haqoratiga oʻz munosabatini bildirdi - video

"Rustavi 2" telekanali Gruziyaning sobiq prezidenti Saakashvili yetakchilik qilgan "Yagona milliy harakat" partiyasiga tegishli boʻlgan. Ayni damda partiya barcha yoʻnalishlarda inqirozga uchragan boʻlsa-da, uning ayrim vakillari haliyam provokatsiyalar uyushtirishga urinishlarini toʻxtatmagan. Putinni haqorat qilgan jurnalist Georgiy Gabuniya - Saakashvili davridan qolgan fitnachi, desak adashmaymiz.  

Rossiya parlamenti delegatsiyasining Tbilisiga tashrifi vaqtida poytaxt koʻchalarida Rossiyaga qarshi mitinglar boʻlib oʻtgan edi. Ushbu mitinglar Gruziya hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanmasa-da, ularga barham berish uchun ham jiddiy choralar koʻrilmagandi. Shu sabab Rossiya hukumati Gruziyaga sayyohlar yuborishni cheklashni maʼqul koʻrdi.

Rossiya Davlat Dumasi hukumatga Gruziyaga nisbatan sanktsiyalar qoʻllash maqsadga muvofiqligini tavsiya etdi. Putin "gruzin xalqiga hurmat tufayli" Tbilisiga qarshi sanktsiyalar qoʻllashga qarshiligini bildirdi. Rossiya yetakchisi, shuningdek, uni haqorat qilgan jurnalistga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatilishini qoʻllab-quvvatlamadi.

Asosiy mavzular