07:13 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Hindiston Rossiyadan 14,5 milliard dollarlik qurol-yarogʻ sotib olishga shartnoma imzoladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev
Dunyoda
Havola olish
63420

Uzoq Sharq iqtisodiy forumi doirasida Putin Modiga dunyodagi eng yirik atom muzyorar kemasini koʻrsatdi.

TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Shu kunlarda Vladivostokda boshlangan Sharqiy iqtisodiy forum oldidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi uchrashishdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya Hindistonlik mehmonni quchoq ochib kutib oldi. Forum oʻtkazilayotgan huddudagi binolarda uning portretlari aks etgan plakatlar ham oʻrnatildi.

Modi ham Putin bilan rus tilida salomlashib, oʻz Tvitterda rus tilida xabarlar yozib qoldirdi. Uchrashuvdan soʻng ikki davlat rahbarlari “Zvezda” nomli Rossiyaning eng yirik kema quruvchi dokiga yoʻl olishdi.

U yerda Putin Modiga qurilishi boshlangan dunyodagi eng yirik muzyorar kema maketini namoyish qildi. Putin aytishiga qaraganda ushbu kema Shimoliy dengiz yoʻli orqali yilning istalgan vaqtida har qanday qalinlikdagi muzni yorib harakatlanishi mumkin, dedi Putin.

Maʼlumki, Rossiya shimolida suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchi bir necha ulkan majmualar qurilmoqda.  Hindiston esa Rossiyadan suyultirilgan gaz sotib olish uchun istiqbolli mijozlardan biri. Ushbu muzyorar kemaning namoyish qilinishi ham aynan shu maqsadni koʻzlagan.

Undan soʻng prezidentlar jurnalistlar bilan matbuot anjumani oʻtkazishdi. Anjumanda Vladimir Putin Hindiston Rossiyaning eng muhim hamkori, Modini esa – Rossiyaning eng yaqin doʻsti deb atadi.

Boʻlib oʻtgan muzokaralar davomida Hindiston Rossiyadan 14,5 milliard dollarga qurol sotib olish shartnomasi imzolashgan. “Bu juda katta summa va bu ulkan qadam”, - dedi Putin ushbu kelishuv haqida.

Maʼlum boʻlishicha shartnoma tarkibiga Hindistonda Rossiyaning “Igla-S” nomli zenit raketa majmuasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, shuningdek Hindistondagi Rossiya qurollariga ehtiyot qismlat yetkazib berishni nazarda tutadi.

Maʼlumki, oʻtgan yil Hindiston AQShning katta bosimiga qarmasdan Rossiyadan “S-400” zenit-raketa tizimlarini hamda quruqlikdagi va dengizdagi qoʻshinlar uchun oʻq dori zahiralari yetkazib berish haqida shartnoma imzolashgan edi.

© Sputnik / Aleksey Danichev

Undan tashqari Rossiya va Hindiston rahbarlari oʻzlarining strategik sherikliklarini yana bir bor tasdiqlashdi. Xususan, ular umuminsoniy muammolar boʻyicha, BMT, “Katta yigirmatalik” va SHHT doirasida muhokama qilinayotgan masalalarda yakdil ekanlarini yana bir or taʼkidlashdi.

Putin va Modi global xavfsizlik borasida dunyoning yetakchi mamlakatlari Rossiya, Hindiston va Xitoy (RIK) doirasida hamkorlikni yoʻlga quyish hamda “Koʻp qirrali dunyo – barqarorlik kafolati” siyosati tarafdori ekanliklarini bildirishdi.

Afgʻoniston borasida ham davlat rahbarlari ushbu mamlakatda tezroq tinchlik oʻrnatilishini va boshqa davlatlar uning ichki ishlariga aralashmasligi kerak, degan fikr bildirishdi.

Asosiy mavzular