07:38 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Pomeщeniye morga

Shved olimi odam goʻshtini isteʼmol qilishga chorlamoqda

Chandan Khanna / AFP
Dunyoda
Havola olish
1985 0 0

Stokgolm iqtisodiyot maktabi professori Magnus Soderlund kundalik ratsionda odam goʻshti boʻlishi foydasi haqida gapirdi.

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Stokgolm iqtisodiyot maktabi professori Magnus Soderlund kundalik ratsionda odam goʻshti boʻlishi foydasi haqida gapirdi, deb yozmoqda New York Post olimning Shvetsiya poytaxtida oʻtkazilgan Gastro simpoziumida qilgan chiqishiga tayangan holda.

Uning fikricha, jasadlardan olingan goʻshtni ovqatga isteʼmol qilish insoniyatni qutqargan boʻlardi. Jahon hamjamiyati bu gʻoyaga murojaat qilsa, albatta.

Soderlund oʻrtaga tashlagan taklif munozaralarga boy boʻldi. Aksariyat ishtirokchilar "Odam goʻshtini isteʼmol qilishni tasavvur qilasizmi?", degancha olim kannibalizmni targʻib etayotganini bildirdilar. Ammo Soderlundning soʻzlariga koʻra, odamlar yangi taomni taʼtib koʻrsalar, kannibalizmga qarshi bunday "konservativ" fikrlar oʻzgarishi turgan gap.

Tadbirda, shuningdek, kannibalizm kelajakda oziq-ovqat mahsulotlari barqarorligini taʼminlash muammosiga yechimi boʻla olishi haqidagi masala muhokama etildi.

Soderlunddan, tadbirdan soʻng boʻlgan intervyu davomida, shaxsan oʻzi inson goʻshtini isteʼmol qilishga tayyorligi haqida soʻrashganida, olim bu gʻoyaga hamisha ochiqligini bildirgan.

"Men ayrim jurʼatsizlikni his qilyapman, lekin oʻta konservativ emasman… Aytishim kerak-ki… Men uni taʼtib koʻrishga tayyorman", — degan u.

Olim, shuningdek, alternativ variant tariqasida uy hayvonlari va jonzotlarni yeyishni taklif etgan.

Taʼkidlanishicha, professor gʻoyalarining hayotga tatbiq etilishiga, kannibalizmning inson salomatligi uchun zararligi halal berishi mumkin. Misol uchun, 1960-yillarga qadar Papua-Yangi Gvineya aborigenlari oʻliklar goʻshtini tanovvul qilib kelganlar. Bu amaliyot ular orasida kulayotgan oʻlim, deb ataluvchi - "Kuru kasali" epidemiyasini avj oldirgan.

AQSH Milliy tibbiyot kutubxonasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu kasallik infektsiya agenti – inson miyasidagi zararlangan bosh toʻqimadagi oqsil tomonidan keltirib chiqariladi.

Asosiy mavzular