13:42 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
261 0 0

Ushbu funktsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi vakili Baxtiyor Ibragimov 2020 yilning sentyabriga qadar bajaradi.

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasining rais oʻrinbosari sifatida ilk bor mazkur yilning iyunida saylangan Oʻzbekiston Respublikasi vakili kuni-kecha oʻz vazifalarini boshlab yubordi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV Axborot xizmati xabar qildi.

“2019 yilning 28 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi qarorgohida Oʻzbekistonning Doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi Umumiy munozaralar yalpi majlisida raislik qildi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, respublika vakili ushbu funktsiyalarni 2020 yilning sentyabriga qadar, yaʼni Bosh Assambleyaning 74-sessiyasi yakunlangunicha bajaradi.

Axborot xizmatining maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonning BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi raisi oʻrinbosari lavozimiga saylanishi respublikaning turli sohalardagi, jumladan Bosh Assambleya tomonidan Markaziy Osiyo boʻyicha hamda maʼrifat va diniy bagʻrikenglik boʻyicha qarorlar qabul qilinishi, BMT shafeligida Orolboʻyi uchun Koʻpsheriklikdagi Trast fond tashkil qilinishi boʻyicha saʼy-harakatlarining xalqaro miqyosda tan olinishidan darak beradi.

Asosiy mavzular