09:38 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
805 0 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning AQSH prezidenti Donald Tramp bilan hech qachon yaqin munosabatlari boʻlmaganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning AQSH prezidenti Donald Tramp bilan hech qachon yaqin munosabatlari boʻlmaganini maʼlum qildi.

“Bizning hech qachon yaqin munosabatlarimiz boʻlmagan, hozir ham yoʻq. Bizning ishga aloqador, yaxshi, mening fikrimcha, yetarli darajada barqaror ishonchli munosabatlarimiz bor”, - dedi Vladimir Putin Rossiya energetika haftaligida chiqishi davomida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.

Shuningdek, Putin u va Tramp oʻrtasidagi yaqin munosabatlar AQShdagi mojarolarga hech qanday taʼsir koʻrsatmaganini qayd etgan.

“Men va prezident Tramp oʻrtasidagi yaqin munosabatlar AQShdagi ichki siyosiy mojarolarga hech qanday taʼsir koʻrsatmagan. AQSH ichidagi barcha janjallar men Tramp bilan tanishmasimdan oldin paydo boʻlgan”, - deya taʼkidlagan Rossiya rahbari.

Asosiy mavzular