08:41 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
220 0 0

AQSH Yevropa ittifoqdan olib kiriladigan havo kemalar, qishloq xoʻjalik va sanoat mahsulotlariga yangi bojlarni kiritadi.

TOSHKENT, 3 okt – Sputnik. AQSH Yevropa ittifoqdan olib kiriladigan havo kemalarga 10 foizlik, qishloq xoʻjalik va sanoat mahsulotlariga 25 foizlik bojlarni kiritadi. Bu haqda amerikalik savdo vakili Robert Laytxayzer maʼlum qildi.

Ushbu qaror, Airbus aviakompaniyasining samolyot ishlab chiqaruvchi kontserniga berilgan subsidiyalar tufayli JST AQShga Yevropa ittifoqiga qarshi 7,5 milliard dollarlik savdo choralarini amalga oshirishga ruxsat berdi.

Amaldorning soʻzlariga koʻra, bojlar samolyot qismlariga qoʻllanilmaydi.

Shu oʻrinda savdo vakili tovarlarning qanday xajmiga yangi bojlarni kiritilishiga aniqlik kiritmadi. Qaror 18 oktyabrda kuchga kiradi.

Laytxayzer taʼkidlashicha, bojlarning asosiy qismi "noqonuniy subsidiyalar uchun javobgar" boʻlgan mamlakatlar - Frantsiya, Germaniya, Ispaniya va Buyuk Britaniya mahsulotlariga qoʻllaniladi.

AQSH JST atrofidagi masalani hal qilish uchun Yevropa ittifoqi bilan muzokaralarni boshlashni rejalashtirgan.

Asosiy mavzular