05:33 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
157 0 0

Rossiya Transport vazirligi ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslarga jamoat transporti va taksida ishlashini taʼqiqlab qoʻymoqchi.

TOSHKENT, 14 noya - Sputnik. Rossiya Transport vazirligi ogʻir jinoyat sodir etgan kishilarga taksi haydovchisi boʻlib ishlashni taʼqiqlab qoʻyish tashabbusi bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Shahar transporti yoʻlovchilarining sogʻligi va hayotini saqlab qolish maqsadida, yangi qonun loyihasida ogʻir jinoyatlar sodir etgan shaxslarga, jinoyatni toʻliq oʻtab boʻlmagan shaxslarga, shahar transporti va taksida ishlash man qilinadi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar turkumiga Rossiya Federatsiyasi JKning 105 moddasi - odam oʻldirish, 111 moddasi – ogʻir jarohat yetkazish,  117 moddasi – Qiynoqqa solish, 131 – Nomusiga tegish, 132 – Majburiy jinsiy harakatlar, kabi banlar kiradi.

Undan tashqari 135 modda – Buzuqchilik, 205 modda – Terrorchilik guruhi tashkil qilish va unda ishtirok etish va boshqa bandlar ham kiritilgan, deydi Transport vazirligi.

“Jinoiy huquqbuzarlik sohasida oʻtkazilgan tahlil shuni koʻrsatdiki, ayni damda zoʻravonlik bilan amalga oshirilayotgan jinoyatlar soni oshmoqda. Ular nafaqat shaxsiy salbiy munosabatlar tufayli, balkim bezorilik tufayli hamda jiniy talablarni qondirish maqsadida amalga oshirilmoqda”, - deyilgan hujjatda.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu taʼqiq shartli ravishda ayblanganlarga nisbatan qoʻllanilmaydi,chunki JKning 73 moddasiga binoan jamiyat uchun xavf tugʻdiruvchi jinoyatchilarga shartli jazo belgilanmaydi.

Asosiy mavzular