16:52 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Pavilon novostnogo agentstva Sputnik

Sputnik Estoniya agentlikni mamlakatdan “siqib chiqarishga” urinishayotganini maʼlum qildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov
Dunyoda
Havola olish
157 0 0

2019 yilning oktyabr oyi oxirida xalqaro bank guruhlarining eston filiallari “Rossiya segodnya” XAAdan Sputnik Estoniya xodimlariga kelib tushayotgan maosh oʻtkazmalarini muzlatib qoʻyishdi. Shuningdek, ofis ijarasi uchun soliq toʻlovlari va ijara toʻlovlari muzlatib qoʻyilgan.

TOSHKENT, 1 dek - Sputnik. Estoniya hukumati “Rossiya segodnya” XAAni mamlakatdan siqib chiqarishga qasddan urinmoqda. Agentlik xodimlarining aksariyati respublika fuqarolari boʻlishga qaramasdan turli choralar koʻrmoqda.

Agentlik matbuot xizmati jurnalistlarga toʻgʻridan-toʻgʻri bosim oʻtkazishdan tashqari mediaguruhning moliya ishlariga xalaqit qilish holatlari koʻpayganini maʼlum qildi.

“2019 yilning oktyabr oyi oxirida xalqaro bank guruhlarining eston filiallari “Rossiya segodnya” XAAning Sputnik Estoniya xodimlariga maosh oʻtkazmalari, ofis ijarasi uchun soliq toʻlovlari va ijara toʻlovlarini muzlatib qoʻyishdi. Agentlik murojjat etgan Estoniyaning boshqa banklari ham ushbu operatsiyalarni oʻtkazishdan bosh tortdi. Bularning hammasi pul oʻtkazmalar Sputnik᾽ning Estoniyadagi qariyb toʻrt yillik faoliyati davomida mahalliy banklarda savol tugʻdirmagan vaqtda roʻy bermoqda”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, bank tuzilmalariga va Sputnik᾽ning Estoniyadagi kontragentlariga bosim Estoniya Respublikasi politsiya departamenti va chegara xizmatining davlat “Pul yuvish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar byurosi” (RAB) tomonidan oʻtkazilmoqda.

“Hozirda “Rossiya segodnya” XAAning barcha tranzaktsiyalari Estoniyadagi kontagentlariga (xodimlarga maosh, soliq nazorati, ijaraga beruvchi) mahalliy banklarning hisoblarida bloklanib, muzlatib qoʻyilmoqda – kontragentlarning hisob raqamiga oʻtkazilmayapti va “Rossiya segodnya” XAAga qaytib kelmayapti. Sputnik᾽ning Tallindagi ofis ijaraga beruvchisi tahririyat rahbarini ijara shartnomasi bir tomonlama bekor qilinishi haqida xabardor qilgan”, - deyiladi xabarda.

Hozirgi kunda Estoniya hududida Sputnik axborot agentligi va radiosi ofisi joylashgan yagona Boltiqboʻyi respublikasi sanaladi.  Agentlikda 35 nafar xodim ishlaydi, shulardan 33 nafari Estoniya fuqarolari. Ular belgilangan tartibda  “Rossiya segodnya” XAA bilan mehnat shartnomasini tuzilgan. Agentlikning har oylik Estoniya byudjetiga soliq toʻlovi qariyb 30 ming yevroni tashkil etadi.

Asosiy mavzular