01:26 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

AQSH vakillar palatasi Rossiyaning "G7"dagi ishtirokiga qarshi rezolyutsiya qabul qildi

© Sputnik / Iliya Pitalev
Dunyoda
Havola olish
198 0 0

Rezolyutsiyada aytilishicha, Rossiya qoʻshnilarining hududiy yaxlitligini hurmat qilmaguniga qadar hamda demokratik jamiyat standartlariga amal qilmagunicha "G7"ga qaytmasligi kerak

TOSHKENT, 4 dek - Sputnik. AQSH Kongressi vakillar Palatasi Rossiyaning "Katta yettilik"dagi ishtirokiga qarshi rezolyutsiya qabul qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Hujjat uchun 339 kongressmen ovoz berishgan, qarshilar – 71. Qaror qonun kuchiga ega emas – u tavsiyaviy xarakterga ega, shuning uchun ijroiya hokimiyati unga rioya qilishga majbur emas.

Rezolyutsiyada aytilishicha, Rossiya qoʻshnilarining hududiy yaxlitligini hurmat qilmaguniga hamda demokratik jamiyat standartlariga rioya qilmaguniga qadar "G7"ga qaytmasligi kerak.

Ilgari ushbu hujjat vakillar palatasining tashqi ishlar qoʻmitasi tomonidan maʼqullangan edi.

 G8 formatini ehtimoliy tiklanishi xaqida sal oldin AQSH prezidenti Donald Tramp avgust oyida gapirgan edi. Oʻshanda u Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni AQShda boʻlib oʻtadigan G7 sammitiga taklif qilish niyatida ekanligini aytgan. Trampning soʻzlariga koʻra, Moskva bilan birgalikda koʻplab xalqaro masalalarni muhokama qilish mantiqqa yaqinroq.

Shunga qaramay, "Yettilik" bu masala boʻyicha kelishuvga erisha olmadi. Germaniya kantsleri Angela Merkel G8 formatini qayta tiklash masalasini Ukraina nizosining bartaraf etilishi bilan bogʻlamoqda.

Vladimir Putin oʻz navbatida, Moskva muloqotga tayyorligini va G8 formatini tiklanishini istisno etmasligini, lekin bu asosiy maqsad emasligini taʼkidlagan.

Asosiy mavzular