14:25 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
AQSH – Eron mojarosi (36)
473 0 0

AQShning BMTdagi doimiy vakili eron generali Kasem Sulaymoniyning oʻldirilishi, davlatga oʻz-oʻzini mudofaa qilish huquqini beruvchi BMT Nizomi 51 moddasi bilan "oʻzini oqlashini" aytgan.

TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. AQShning BMTdagi doimiy vakili Kelli Kraft Xavfsizlik Kengashiga xat yoʻlladi, maktubda Vashingtonning mintaqada ziddiyatni pasaytirish uchun Eron bilan dastlabki shartlarsiz muzokara oʻtkazishga tayyorligi maʼlum qilingan. Bu haqda hujjatga tayangan holda Reyter xabar bergan.

Kraft soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar "xalqaro tinchlik va barqarorlikka eron rejimi tomonidan tahdid va eskalatsiyaga yoʻl qoʻyilmasligiga" intilmoqda.

Bundan tashqari, AQShning BMTdagi doimiy vakili eron generali Kasem Sulaymoniyning oʻldirilishi, davlatga oʻz-oʻzini mudofaa qilish huquqini beruvchi BMT Nizomi 51 moddasi bilan "oʻzini oqlashini" aytgan.

Ayol shuningdek, AQShning 2019 yilning 29 dekabrida "al-Xashd ash-Shaabi" shiya koʻngilli qoʻshinlariga bergan aviazarbasi Eron va u tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan turli guruhlarning amerika kuchlari va Yaqin Sharqdagi manfaatlariga tomon uyushtirgan bir qator xujumlariga javoban amalga oshirilganini qayd etib oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, yanvar oyi boshida Vashington Sulaymoniyni oʻldirish boʻyicha operatsiyani amalga oshirdi, Eron bunga javoban Iroqdagi amerika qoʻshinlari joylashgan aviabazalarga raketalar yordamida zarba berdi. AQSH harbiy qoʻshinlari bu xujumda zararlanmagan.

Mavzu:
AQSH – Eron mojarosi (36)

Asosiy mavzular