08:18 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
316 0 0

Moskva va Minsk Rossiya neft va neft mahsulotlarini Belarus orqali tranzit qilish tariflari toʻgʻrisida kelisha olmadi.

Moskva va Minsk Rossiya neft va neft mahsulotlarini Belarus orqali tranzit qilish tariflari toʻgʻrisida kelisha olishmadi, deya xabar beradi Belarus Monopoliyaga qarshi tartibga solish va savdo vazirligining matbuot xizmati RIA Novosti’ga.

Dushanba kuni ikki mamlakatning monopoliyaga qarshi idoralari vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

"Avgust oyida biz transport hajmlarni pasayishi sababli 2019 yil uchun transportning haqiqiy hajmini va oʻtgan yili "Gomeltransneft Drujba"OAJ tomonidan olinmagan daromad miqdorini koʻrishga kelishib oldik va buni 2020 yilda hisobga olamiz. Shuning uchun metodologiyada nazarda tutilganidek inflyatsiya tarkibiy qismiga, shuningdek, koʻrilmagan daromadlar joriy yilda koplanib ketishi uchun tarifni oshirish taklif qilindi", - deya tushuntirdi boʻlim vakili.

Uning taʼkidlashicha, Moskva "Gomeltransneft Drujba" tomonidan olib borilgan hisob-kitoblarga oid savollarga ega, shuning uchun ularni yaqin orada mutaxassislar darajasida oʻtkaziladigan yigʻilishda aniqlashtirishga qaror qilindi.

Dekabr oyi oʻrtalarida Federal Monopoliyaga qarshi Xizmat, Belarus Rossiyadan neftni transportirovka qilish uchun tarifni 2020 yilda 16,6 foizga oshirishni taklif qilganini maʼlum qildi.

Vazirlik taʼkidlashicha, agar 15 yanvargacha ushbu masala hal etilmasa, tariflar "Rossiya Federatsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining prognoz parametrlarida belgilangan 2020 yilga oʻrtacha isteʼmol narxlari indeksining miqdoriga (3,8%) 3% qoʻshilgan – yaʼni 6,8% ga oshiriladi"

1 sentyabrdan boshlab Belarus Drujba magistral quvurining Belarus uchastkasi orqali neftnitransportirovkasi uchun tarifni 3,7% ga oshirdi. Keyinchalik, "Drujba" magistral quvurining Belarus operatori - "Gomeltransneft Drujba" OAJ kompaniyasining bosh muhandisi Andrey Verigo: “transportirovka tarifining 21% ga koʻtarilishi 2019 yil oxirigacha ifloslangan neft bilan bogʻliq hodisada Belarusning barcha xarajatlarini qoplashga imkon bergan boʻlar edi,” degan fikrni bildirdi.

Asosiy mavzular