23:04 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
70210

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan ayol 9 mingdan ortiq odam ishtirok etgan diniy sekta yigʻilishida ishtirok etganidan soʻng koronavirus keskin tarqaldi.

TOSHKENT, 23 fev - Sputnik. Janubiy Koreyada koronavirus infektsiyasining toʻqson sakkizta holati Iso Sinchxondji cherkovi deb nomlangan diniy guruh aʼzolarida tasdiqlandi, deb yozadi RIA Novosti Korea Times nashriga asosan.

Koreyaning Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining (KCDC) xabariga koʻra,18-fevral, seshanba kuni Tegu shahrida 61 yoshli ayolda koronavirus bilar zaralanish xolati aniqlandi, u Tegu shahridagi kasallanish alomatlarini his qilishidan keyin va oldin mazhabga tashrif buyurgan. Nashrning aniqlik kiritishicha, 9 va 16 fevral kunlari boʻlib oʻtgan mazhab yigʻilishda 9 mingga yaqin kishi tashrif buyurgan va ularning barchasi koronavirus mavjudligiga tekshirilmoqda.

Seuldan 300 km janubiy-sharqda joylashgan Shimoliy Kensan provintsiyasi va Degu shahrida jami 111 ta yuqumli kasallanish holatlari qayd etildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 600 kishidan oshdi. Shu bilan birga, ulardan kamida 309 nafari (kasallanganlarning 55 foizi) Sinchxondji guruhining yigʻilishlarida qatnashgan.

Shu bilan birga, guruhning oʻzi Sinchxondji cherkov ibodatlari va yigʻilishlari vaqtincha toʻxtatilganligini eʼlon qildi. Mazhabning Tegudagi filiali 19 fevralda yopildi. Shahar maʼmuriyati mazhabning 1001 aʼzosini tekshiruvdan oʻtkazdi, ularning 544 nafarida koronavirus alomatlari borligi maʼlum boʻldi. Shu bilan birga, xizmatga tashrif buyurgan 2722 kishi hech qanday alomatlar yoʻqligini aytishdi, yana 343 kishi tekshiruvdan oʻtishni rad etishdi.

"Seul hukumati cherkovning karantin harakatlaridan qatʼi nazar, shaharning barcha Sinchxondji obʼyektlarida karantin va dezinfektsiya tadbirlarini oʻtkazadi", dedi Seul meri Pak Vonsun.

Sinchxondji vakilining soʻzlariga koʻra, oʻz navbatida diniy guruh mamlakat rasmiylari bilan hamkorlik qiladi. Shunga qaramay, Internetda Sinchxondjini majburiy ravishda tarqatib yuborish toʻgʻrisida onlayn-petitsiya joylashtirilgan, u 200 mingdan ortiq imzo toʻplagan va Prezident maʼmuriyati tomonidan majburiy koʻrib chiqilishi kerak.

Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Janubiy Koreyada 763 nafar fuqaro Covid-19 koronavirusi bilan kasallangan va mazkur kasallikdan 7 kishi vafot etgan. Virus bilan kasallanganlarning aksariyati "Sinchxoji Iso cherkovi" diniy sektasining aʼzolaridir.

Hozirgi vaqtda koronavirus epidemiyasining tarqalish darajasi va tezligi boʻyicha Janubiy Koreya Xitoydan keyin ikkinchi oʻrinda turibdi.

Xitoyda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlarning tasdiqlangan soni 77 mingdan oshdi, ulardan 2442 kishi vafot etdi, 22 ming 888 kishi davolandi va kasalxonadan chiqarildi. 

Asosiy mavzular