20:08 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (45)
322 0 0

2019 yil 7 avgust kechqurun Qirgʻiziston MXXQ kuchishlatar boʻlinmasi Qoʻy-Tosh qishlogʻida Almazbek Atambayevni qoʻlga olish operatsiyasini amalga oshirishga harakat qildi. Biroq shturm uning tarafdorlari tomonidan qaytarildi.

TOSHKENT, 25 fev – Sputnik. 25 fevral, seshanba kuni prokuratura Qoʻy-Tosh qishlogʻida yuz bergan voqealar yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoiy ish figuratlariga ayblov hujjatlari taqdim etdi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Sobiq prezidentning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva Facebook’dagi sahifasida 14 kishilik ayblanuvchilar roʻyxatini eʼlon qildi: ular orasida Almazbek Atambayev; Farid Niyazov; Ravshan Jeenbekov; Irina Karamushkina va boshqalarning ismlari keltirilgan. 491 varaqda ayblov xulosa taqdim etilgan.

Taʼkidlanishicha, tergov bilan hamkorlik qilishga istak bildirgan kishilar alohida ish yurituvga ajratilgan.

Qoʻy-Tosh voqealari

2019 yil 7 avgust kechqurun Qirgʻiziston MXXQ kuchishlatar boʻlinmasi Qoʻy-Tosh qishlogʻida Almazbek Atambayevni qoʻlga olish operatsiyasini amalga oshirishga harakat qildi. Biroq shturm uning tarafdorlari tomonidan qaytarildi. Bir nafar spetsnaz xodimi halok boʻldi.

Kelasi kun IIV operatsiya oʻtkazdi va oqibatda siyosatchi taslim boʻldi.

Almazbek Atambayev MXXQ SIZOga joylashtirildi, shuningdek, uning tarafdorlari hibsga olindi. Voqea joyda sobiq prezidentning maslahatchisi Joldubayeva ham boʻlgan.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (45)

Asosiy mavzular