00:26 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
976 0 0

Koronavirus yuqtirganlar Kaliningrad, Belgorod va Moskva viloyatlarida aniqlangan. Bemorlar soʻnggi ikki haftada Italiyaga safar qilishgan.

TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. Rossiyada uchta koronavirus bilan kasallanishning yangi holati aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Koronavirus yuqtirganlar Kaliningrad, Belgorod va Moskva viloyatlarida aniqlangan.

Taʼkidlanishicha, barcha infektsiya yuqtirganlar soʻnggi ikki haftada Italiyaga safar qilishgan.

“Ular Rossiya Federatsiyasi hududida muloqot qilgan shaxslar aniqlandi. Ularni shifokorlar nazoratiga ostiga joylashtirish ishlari olib borilmoqda. Ularning laboratoriya tekshirishi oʻtkazilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Rossiyada jami 17 ta koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan. Ulardan ikkitasi Xitoy fuqarolari, 14 tasi Italiyadan qaytgan rossiyaliklar, yana bittasi esa Italiya fuqarosida aniqlangan. Ikki nafar xitoylikka va bir nafar rossiyalikka javob berilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq koronavirus tufayli Moskvada “yuqori tayyorlik” tartibi joriy etilgan edi.

Asosiy mavzular