Kim Chen In 20 kun deganda ilk marta ommaga ko‘rinish berdi - video

© Severokoreyskaya gazetaKim Chen In poyavilsya na publike vpervie za 20 dney - foto
Kim Chen In poyavilsya na publike vpervie za 20 dney - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janubiy Koreya, yapon va g‘arb OAVlarida tarqalgan og‘ir xastalik to‘g‘risidagi mish-mishlarga qaramay, Kim Chen In quvnoq va dadil ko‘rinmoqda. Fotosuratlarni tomosha qiling!

TOShKENT, 2-may - Sputnik. Uzoq davom etgan kutishlardan so‘ng Kim Chen In va nihoyat omma qarshisida ko‘rinish berdi: mamlakat hukmdor Mehnat partiyasi matbuot organi sanalgan shimoliy koreya Rodong Sinmun nashri KXDR rahbarining o‘g‘itlar ishlab-chiaruvchi zavod ochilishida olingan fotosuratlarini e’lon qildi.

Kim Yo Chjon, sestra lidera Severnoy Korei Kim Chen In na seremonii vozlojeniya venkov v mavzolee Xo Shi Mina v Xanoe, Vyetnam - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In singlisi KXDR rahbari bo‘lishga tayyorlanmoqda

Janubiy Koreya, yapon va g‘arb OAVlarida tarqalgan og‘ir xastalik to‘g‘risidagi mish-mishlarga qaramay, Kim Chen In quvnoq va dadil ko‘rinmoqda. Fotosuratlarda uning tabassum qilayotganini, o‘ziga hamrohlik qilgan kishilarga nimalarnidir tushuntirayotganligini, ular esa o‘z navbatida yetakchi ko‘rsatmalarini bloknotga yozib olishayotgani aks etganini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, qator fotosuratlarda yetakchi yonida uning singlisi Kim Yo Chjon ham aks etgan.

© Gazeta Severnoy Korei Kim Chen In poyavilsya na publike vpervie za 20 dney - foto
Kim Chen In 20 kun deganda ilk marta ommaga ko‘rinish berdi - video - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In poyavilsya na publike vpervie za 20 dney - foto

Eslatib o‘tamiz, 15-aprel kuni Kim Chen In o‘z bobosi - KXDR asoschisi Kim Ir Sen tavallud kuniga bag‘ishlangan ayyomni o‘tkazib yuborgan edi. Uning ko‘rinish bermagani tufayli OAVlarda turli mish-mishlar tarqala boshladi, Kim Chen Inning o‘lgani yoki og‘ir xastaligi haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Shimoliy Koreya yetakchisi yotgan joyidan mustaqil tura olmasligi, harakatlari cheklangani va hatto "vegetativ holatda" ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yangiliklar lentasi
0