03:37 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
730 0 0

Professorning soʻzlariga koʻra, infektsiyadan himoya qiluvchi tegishli immunitet ikki holatda shakllanmasligi mumkin.

TOSHKENT, 4 may - Sputnik. Tibbiyot fanlari doktori, Sechenov nomidagi Moskva birinchi davlat tibbiyot universiteti patofiziologiya professori Anton Yershov “Rossiyskaya gazeta” nashriga koronavirusga qarshi mustahkam immunitet qanday sharoitda shakllanishi haqida soʻzlab berdi.

Yershovning soʻzlariga koʻra, COVID-19 ga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishning eng maqbul usuli bu kasallikni dori-darmonlardan haddan tashqari foydalanmasdan oʻrtacha ogʻirlikda kechishi. “Aynan oʻshanda unga organizmning maksimal immuniteti shakllanadi”, - dedi u.

Professorning soʻzlariga koʻra, infektsiyadan himoya qiluvchi tegishli immunitet ikki holatda shakllanmasligi mumkin: kasallikning eng yengil yoki oʻta ogʻir kechishi. Birinchi holda, infektsiyaga qaramasdan, infektsiyani jiddiy qabul qilish va unga antitelalarni ishlab chiqish uchun inson tanasida virusning yetarli miqdori boʻlmay qoladi.

“Immunitet shakllana olmaydigan ikkinchi holat - agar odam haddan tashqari kasal boʻlgan boʻlsa. Kasallikning haddan tashqari ogʻir kechishida organizm shunchalar stressda boʻladiki, uning barcha kompensatsion kuchlari kelajakda himoya shakllantirishga emas, balki hayotni joriy saqlab turishga sarflanadi. Organizmga shunchaki quvvat yetishmay qoladi, yaʼni antitelalarni shakllantirish uchun aynan oqsillar yetmaydi”, - deya tushuntirdi Yershov.

Mutaxassis hozirgi koronavirus bilan bogʻliq muammo - bu yaqinda paydo boʻlganligi va shuning uchun ushbu virus bilan “tanishishga” hali yetarlicha vaqt boʻlmaganini qoʻshimcha qildi.

“Bu SARS boʻlganligi sababli COVID-19ga qarshi immunitet ham ikki yil davomida saqlanib qoladi degan taxmin mavjud. Ammo saqlanish muddatlari boʻyicha tasdiqlangan maʼlumotlar yoʻq", - deya xulosa qildi professor.

COVID-19 pandemiyasi dunyoning koʻp mamlakatlariga tarqaldi. Umumiy hisobda 3,3 milliondan ortiq odam koronavirus yuqtirib olgan, ulardan 238 mingga yaqini vafot etdi, bir milliondan ortigʻi sogʻayib ketdi.

Oʻzbekistonda kasallanganlar 2160, sogʻayganlar 1319 nafarni tashkil etmoqda. 10 kishi esa vafot etgan.

Asosiy mavzular