11:16 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
290 0 0

Emomali Rahmonning farmoniga asosan Tojikiston sogʻliqni saqlash vaziri Nasim Olimzoda egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Tojikiston sogʻliqni saqlash vaziri Nasim Olimzoda egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligiga asosan xabar qildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligida oʻtkazilgan tezkor yigʻilishda Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda bu oʻzgarishni maʼlum qildi. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning farmoniga asosan Olimzoda "boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan" egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Tibbiyot fanlari doktori, "Istiqlol" dam olish majmuasi direktori Jamoliddin Abdulloyev sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi.

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni oshmoqda. Jumladan, bir sutkada 63 ta yangi holat aniqlandi. Respublika boʻylab bu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 293 tani tashkil qilmoqda.

Asosiy mavzular