00:44 31 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
122850

Rossiya Qurolli kuchlari keyingi yilda ilk bor S-500 zenit raketa tizimlarini qabul qilib olishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari keyingi yilda ilk bor S-500 zenit raketa tizimlarini qabul qilib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Mudofaa vaziri oʻrinbosari Aleksey Krivoruchko maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, S-500 sotib olish 2021 yilda davlat shartnomasi imzolanadi. Hozirgi vaqtda poligonda dastlabki sinov bosqichi amalga oshirilmoqda.

S-500 tizimi

“Almaz-Antey” kontserni bosh konstuktori Pavel Sozinov taʼkidlashicha, S-500 Yerdan yuzlab kilometr masofadagi nishonni yakson qilishi mumkin.

S-500 “Prometey” yangi avlod “Yer-havo” zenit raketa tizimlariga kiradi. S-500 radiusi 600 kilometrni tashkil qiladi. Bu tizim nafaqat ballistik, balki aerodinamik nishonlar (samolyot, vertolyot) va qanotli raketalarni yoʻq qilishi mumkin.

Tizim sekundiga yetti kilometr tezlikda uchib ketadigan oʻntagacha ballistik nishonlarni, shuningdek, giper raketalarning jangovar oʻqlarini aniqlay oladi va yakson qiladi.

Xususiyatlari jihatidan S-500 S-400 va uning amerikalik raqobatchisi Patriot Advanced Capability-3 dan sezilarli darajada oshadi.

 

Asosiy mavzular