09:20 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
408 0 0

Olimlar koronavirus infektsiyasidan davolangan bemorlar, hattoki testlar virus mavjudligini koʻrsatsa ham, boshqalarga xavf tugʻdirmasligi isbotini topdilar.

TOSHKENT, 20 may - Sputnik. Olimlar koronavirus infektsiyasidan davolangan bemorlar, hattoki testlar virus mavjudligini koʻrsatsa ham, boshqalarga xavf tugʻdirmasligi isbotini topdilar.

Bu haqda Bloomberg Janubiy Koreyaning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (KCDC) tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot maʼlumotlariga asoslanib xabar berdi.

Mutaxassislar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda 285ta COVID-19 dan tuzalgan, ammo tashxisi qayta tasdiqlagan bemor ishtirok etdi. Kasallik tarqalish tahdidlar aniqlanmadi.

Koronavirusni tashxisi uchun standart PTSR test tizimlari virionlarning holatidan qatʼiy nazar - yashovchan yoki ular allaqachon oʻlib boʻlganmi, baribir borligini koʻrsatadi. Boshqacha qilib aytganda, inson organizmida tirik virus yoʻq boʻlsa ham, test ijobiy boʻladi.

Agar virus boʻlmasa, bemor hech kimni yuqtirolmaydi ham. Tadqiqotlar aynan shuni tasdiqladi.

KCDC sinovlari sinovdan oʻtayotgan tuzalgandan keyin ham tanasida COVID-19 virusining 80 kundan koʻproq vaqt davomida qolishligini tasdiqladi.

Shu bilan birga, bir savol ochiq qolmoqda: davolanib chiqqan bemor haqiqatan ham koronavirusni yana yuqtirishi mumkinmi?

Olimlarning fikriga koʻra, kasallikning rivojlanishi bilan bemorning tanasida virusga qarshi antitanachalar hosil boʻladi, ular COVID-19 ning qayta infektsiyaga chalinishdan himoya qiluvchi qobiqni yaratadilar. Biroq, hozircha bu ilmiy jihatdan isbotlanmagan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyoda 4,89 millionta koronavirus bilan bogʻliq holati aniqlangan, 323 mingdan ortiq odam qurbonga boʻlgan, 1,7 millionga yaqin kishi shifo topgan.

Asosiy mavzular