19:35 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
138 0 0

Falastin rahbari, shuningdek, Isroilni xalqaro hamjamiyat oldida “Falastinning bosib olingan hududidagi istilochi kuch” sifatida javob berishga chaqirdi.

TOSHKENT, 20 may — Sputnik. Falastin Isroil hukumatining oʻziga Falastin yerlarini qoʻshib olish niyati sababli Isroil va AQSH bilan tuzilgan barcha kelishuvlarni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qildi. Bu haqda Falastin milliy maʼmuriyati rahbari Mahmud Abbos maʼlum qildi.

“Falastinni ozod qilish va Falastin davlati bugundan boshlab AQSH va Isroil hukumatlari bilan tuzilgan barcha shartnomalar boʻyicha, jumladan, xavfsizlik bilan bogʻliq boʻlgan barcha majburiyatlarni oʻz zimmasidan soqit qiladi”, - deya Abbos soʻzlaridan keltirgan RIA Novosti.

Falastin rahbari, shuningdek, Isroilni xalqaro hamjamiyat oldida “Falastinning bosib olingan hududidagi istilochi kuch” sifatida javob berishga chaqirdi.

Mahmud Abbos Falastinni xalqaro tashkilotlar tarkibiga qoʻshish vaqti kelganini taʼkidlagan.

Abbosning soʻzlariga koʻra, Falastin Falastin-Isroil mojarosiga oid muzokaralarga uchinchi tomon vositachiligida qaytishga tayyor.

Asosiy mavzular