21:48 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
63810

Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida navbatdagi qisqa otishma sodir boʻldi. Jabrlanganlar yoʻqligi aytilmoqda.

TOSHKENT, 24 may — Sputnik. Bugun, 24 may kuni Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida otishma sodir boʻldi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston nashri mamlakat Davlat chegara xizmati maʼlumotiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Qirgʻiz tomonining xabariga koʻra, chegarachilar Batkent viloyati hududida Tojikistonning Vorux qishlogʻi aholisining mol boqishga boʻlgan urinishini oldini olishgan.

“Soat 11:40 da Qirgʻiziston va Tojikiston chegarachilari oʻrtasida qisqa otishma sodir boʻldi. Qirgʻiziston chegarachilari tomonidan jabrlanganlar yoʻq”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, soat 12:20 da voqea joyiga yetib kelgan ikki davlat chegara vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Hozir qirgʻiz-tojik chegarasining ushbu hududida vaziyat barqaror. Tomonlar ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Tojik tomonining hodisa bilan bogʻliq bayonoti hozircha eʼlon qilinmagan.

Eslatib oʻtamiz, 8 may kuni ham tojik-qirgʻiz chegarasida mojaro yuz bergan edi. Natijada Qirgʻiziston Tojikiston elchisiga, Tojikiston esa Qirgʻiziston elchisiga protest notasini topshirgan edi.

Asosiy mavzular