02:07 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Dunyoda
Havola olish
420 0 0

Tojikiston hududidan nomaʼlum shaxs ov miltigʻidan Qirgʻiziston fuqarosiga qarata oʻq uzgan. Mojaro nima sababdan boshlangani – nomaʼlum.

TOSHKENT, 2 iyun — Sputnik. Kuni kecha tojik-qirgʻiz chegarasida otishma yuz berdi, bu haqda 24.kg  Qirgʻiziston chegara xizmatiga asosan xabar qildi.

Tojikiston hududidan nomaʼlum shaxs ov miltigʻidan Qirgʻiziston fuqarosiga qarata oʻq uzgan. Bu holat Batken viloyati Eki-Tosh qishlogʻida yuz berdi.

Oʻsh-Isfana yoʻlida harakatlanayotgan mashinaga ov miltigʻidan bir necha marta oʻq uzildi. Buning oqibatida 38 yoshli erkak yaralandi va Samarkandek qishlogʻidagi shifoxonaga olib kelindi.

Ikki davlat politsiya vakillari uchrashuv oʻtkazdi. Hozirgi vaqtda muzokara olib borilmoqda. Chegarada vaziyat barqaror.

Asosiy mavzular