14:21 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
185 0 0

Maktab oʻquvchilariga oʻz qabrlari ustida qaysi gullarni koʻrishni xohlashlari va dafn marosimi vaqtida qanday musiqa chalinishi kerakligi toʻgʻrisidagi savollarga javob berish taklif qilingan.

TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Buyuk Britaniyaning Lestor shahrida avliyo Pavel huzuridagi maktabning 8-sinf oʻquvchilariga oʻzlarining dafn marosimlari mavzusida insho yozish vazifasi topshirildi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Bolalarga ushbu marosimga oid savollar boʻlgan anketa joʻnatilgan.

Maktab oʻquvchilariga oʻz qabrlari ustida qaysi gullarni koʻrishni xohlashlari va dafn marosimi vaqtida qanday musiqa chalinishi kerakligi toʻgʻrisidagi savollarga javob berish taklif qilingan. Qolaversa, oʻquvchilarga ular dafn etilishi kerak boʻlgan tobut dizaynini tasvirlash taklif qilingan.

Taʼlim muassasi allaqachon uzr soʻragan va vazifa oʻquvchilarga xatolik sabab joʻnatilganini tushuntirgan.

Asosiy mavzular