00:41 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
69 0 0

Ovoz berishda Rossiya Federatsiyasining uni oʻtkazish kunida 18 yoshga toʻlgan fuqarolari qatnashish huquqiga egadir.

TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. 30 iyun kuni Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasida Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha saylov uchastkasi ochildi, u 1 iyul kuni ham ishlaydi.

“Hurmatli Rossiya fuqarolari! 30 iyun kuni soat 14.00 dan 20.00 gacha va 1 iyul kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha Rossiya Federatsiyasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritishga oid elchixonada (Toshkent, Nukus koʻchasi, 83) umumrossiya ovoz berishi oʻtkaziladi”, - deb xabar berdi Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasining konsullik boʻlimi.

Diplomatik vakolatxonada aytilishicha, ishtirok etish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish talab etilmaydi. Shaxs yonida amaldagi xorijiy yoki Rossiya ichki pasportiga ega boʻlishi kifoya.

Shuningdek, konsullik boʻlimi fuqarolarning iltimosiga binoan, 1 iyul umumrossiya ovoz berish kunida saylov uchastkasining oʻzida tayyor chet el pasportlarini olish imkoniyati paydo boʻlganini maʼlum qildi.

Chet el pasporti berilishga tayyorligini tekshirish va uni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati bilan quyida tanishish mumkin.

Taklif etilayotgan oʻzgartirishlarning mazmuni bilan quyida tanishish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, dastlab Asosiy qonunga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ovoz berish 22 aprelga belgilangan edi, biroq mart oyining oxirida koronavirus infektsiyasining tarqalishi sababli Vladimir Putin uning koʻchirilishini eʼlon qildi. Unda davlat rahbari yangi sana shifokorlarning tavsiyalari asosida belgilanishini taʼkidlagan edi.

Teglar:
konstitutsiya, Toshkent, Rossiya

Asosiy mavzular