19:23 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
184 0 0

Xalqaro parlamentarizm kunida RF Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko Sputnikka eksklyuziv intervyu berdi.

Nega demokratiyaning yagona standartini singdirib boʻlmaydi? Rossiya qonun chiqaruvchilari kim bilan va qanday hamkorlik olib boradi? COVID-19 tufayli cheklovlar sharoitida ishlash qiyin emasmi? Xalqaro parlamentarizm kunida bu haqda Sputnik bilan eksklyuziv intervyuda RF Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko aytib berdi.

- Nima uchun aynan Rossiya Xalqaro parlamentarizm kunini taʼsis etish tashabbusi bilan chiqdi? Va ikki yildan oʻtkach bu tashabbus xalqaro parlament hamjamiyati tomonidan qanchalar qabul qilinganiligi toʻgʻrisida nima deyish mumkinmi?

- Bu kunni BMT kalendariga kiritish tashabbusi bilan chiqib, Rossiya bu bilan parlament diplomatiyasining ijodiy salohiyati va mustahkamlovchi kuchiga ishonishini namoyish etdi. Men shaxsan shunday deb oʻylayman. Parlament aʼzolarining qarashlarining farqliligiga qaramay, bizni birlashtiruvchi jihatlar bizni ajratib turuvchi jihatlardan ustundir.

Parlament aʼzolari - professional amaldorlar emas, ular saylovchilar, oddiy odamlar vakillari. Ahir dunyodagi barcha odamlar umuman bitta narsani - oʻzlari va bolalari uchun xavfsiz va baxtli hayotni xohlashadi. Rostini aytsam, bayram kuni gʻoyasi ilgari hech qachon hech kimning hayoliga kelmaganligi meni hayratga soladi, chunki bu, mohiyatan, eng demokratik bayramdir, chunki parlamentarizm har qanday demokratik tizimning asosidir.

Albatta, ikki yil qisqa davr. Ammo bu vaqt ichida biz yetarlicha xalqaro tadbirlar, uchrashuvlar oʻtkazdik: bu tashabbus parlamentlar va parlament aʼzolari, umuman xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy qabul qilindi.

- Ommaviy axborot vositalarida, ekspertlar hamjamiyatida, texnologiyalarning jadal rivojlanishi, hayotning deyarli barcha sohalarida tezkor oʻzgarishlar yuz berayotgan bir paytda, parlamentlar va parlamentlararo hamkorlikning rolini pasayish tendentsiyasi kuzatilayotgani haqida fikrlarni eshitsa boʻladi. Shu yoʻsinda, Xalqaro parlamentarizm kuni ham – “kechagi kun bayramimi”?

- Nazarimda, hayot buning aksini koʻrsatmoqda. Ha, dunyo oʻzgarmoqda, qabul qilinayotgan qonunlarning sifatiga va parlamentlarning faoliyatiga talablar ham oʻzgarib bormoqda. Ammo ularning rolini kamsitish aniq roʻy bermayapti. Va bu amalga oshmasligiga aminman ham. Parlamentsiz muhim qarorlarni qabul qilishda va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning haqiqiy ishtiroki boʻlishi mumkin emas.

Siz texnologiyaning rivojlanishi haqida gapiryapsiz, ammo bu rivojlanish jamiyat manfaatlariga, inson manfaatlariga mos kelgandagina maʼnoga ega boʻladi. Bunga odamlar manfaatlarini ifoda etuvchi hokimiyatisiz erishib boʻlmaydi. Texnologiyalar odamlarning huquqlari va imkoniyatlari hizmatida ishlashi kerak va aksincha, ularni almashtirish yoki bekor qilishligi uchun emas. Mening fikrimcha, aynan shu formula ayniqsa oʻzgarishlar davrida parlamentarizm institutlarini ahamiyatini saqlanishini kafolatlaydi. Demak, Parlamentarizm kuni - kechagi kun bayram emas. Aksincha.

oʻylaymanki, dunyo miqyosida har qanday ijtimoiy ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda parlamentlarning roli oshib boradi. Ham milliy, ham xalqaro ishlarda. Men hozirning oʻzida ushbu tendentsiyani MDH Parlamentlararo assambleyasi va Parlamentlararo ittifoqiga aʼzo  parlamentlar misolida koʻrib turibman. Bizning koʻp qutbli dunyomizda barcha muammolar faqat muzokaralar yoʻli bilan hal qilinishi kerak, birovning “yagona haq” nuqtai nazarining ustun boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Bu muvozanatni faqatgina anʼanaviy diplomatiyaga qoʻshimcha ravishda parlamentlararo diplomatiya ushlab turishga qodir.

Shu bilan birga, parlamentning faoliyati qotib qolgan, bir marotaba berilgan, allaqanday narsa emas. U zamon talablariga mos boʻlishi kerak. Biz Rossiyada ushbu qoidaga amal qilamiz. Hozirda konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ovoz berilmoqda. Ular Rossiyani kuchli prezidentlik hokimiyatiga ega mamlakat sifatida saqlab qoladi, bu esa mamlakatimizning tarixiy va zamonaviy voqeliklariga toʻla javob beradi. Va shu bilan birga Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasining vakolatlari kuchayadi. Bu vaqt talabi. Kuchli parlament - kuchli demokratiya - kuchli mamlakat.

- Koronavirus epidemiyasi turli mamlakatlar parlamentlarining aʼzolari aloqalariga, ularning intensivligiga taʼsir qilmay qolmaydi. Sizning fikringizcha, xalqaro munosabatlar uchun bu qanchalik zararli? Bugungi kunda Federatsiya Kengashining xalqaro faoliyati qanday shakllanmoqda?

- Epidemiya, albatta, taʼsir koʻrsatdi, ammo oʻta zararli holda emas. Hech qaysi  yoʻnalishda ish toʻxtab qolmadi, baʼzilarida zamonaviy texnologiyalar tufayli yanada rivojlandi. Albatta, bir necha oy majburiy yakkalanishdan keyin odamlar bilan shaxsiy muloqotni hoxlaysan kishi. Jonli muloqot mutlaqo boshqacha darajadagi muomalani va tushunishni beradi. Farqi nimada deyish mumkin? Video-aloqa orqali ham bir-biringizni koʻrasiz, his-tuygʻularni sezasiz, ammo baribir nimadir yetishmayotganday, video-aloqa uzata olmaydigan baʼzi ikir-chikirlar.

Shu bilan birga, hayot shuni koʻrsatadiki, har qanday qiyinchiliklarni yengib oʻtsa boʻladi, istak boʻlsa boʻldi. Buning ustiga, soʻnggi yillarda ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan parlamentlararo hamkorlik sohasida bir qator qadamlarni qoʻydik, va ular, oʻylaymanki, buning rivojlanishiga yangi turtki berdi.

Soʻnggi yillarda Parlamentlararo ittifoqda Rossiya delegatsiyasi tashabbusi bilan qabul qilingan ikkita rezolyutsiyani eslatib oʻtaman. Ular suveren davlatlarning ishlariga aralashishga yoʻl qoʻyib boʻlmaslikni va u davlatlarga demokratiyaning yagona “klassik” modelini singdirish mumkin emaslikni nazarda tutadi.

Bunday model yoʻq va boʻlmaydi ham. Har bir mamlakat oʻzining milliy va tarixiy xususiyatlariga, zamonaviy siyosiy voqeligiga mos keladigan demokratik tizim shaklini erkin tanlash huquqiga ega. Aynan bizning mamlakat xalqaro munosabatlardagi har qanday bosim, diktat urinishlariga toʻsqinlik qiluvchi ikkala hujjat muallifidir. Ittifoq raisi Gabriela Kuevas Barron honim ham ayrim davlatlar parlament aʼzolariga nisbatan joriy etilgan sanktsiyalari tufayli printsipial pozitsiyani egalladi. Biz aminmizki, halq tanlaganga qarshi sanktsiyalar aslida xalqning oʻziga va demokratiyaga qarshi sanktsiyalardir. Bizning bu qarashimiz dunyodagi eng yirik parlament tashkiloti rahbariyati tomonidan tushunilishi va qoʻllab-quvvatlanishidan mamnunmiz.

Zamonaviy xalqaro parlamentarizmning muhim mavzularidan biri bu madaniy xilma-xillikni muloqot orqali targʻib qilishdir. Axir bu mojarolar, sanktsiyalar va urushlarga alternativadir. Rossiya davlat rahbarlari, parlament aʼzolari va dunyo dinlari yetakchilari ishtirokida dinlararo va millatlararo muloqot boʻyicha Butunjahon konferentsiyasini oʻtkazish tashabbusini ilgari surdi.

Ushbu taklif 2017 yilda Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan Parlamentlararo Ittifoqning (PaI) 137-chi assambleyasining yakuniy deklaratsiyasida qoʻllab-quvvatlandi va keyin BMT Bosh assambleyasining rezolyutsiyasiga kiritildi. Butunjahon konferentsiya 2022 yil 21 may kuni Rossiyada boʻlib oʻtadi. Unga tayyorgarlik allaqachon qizgʻin. Ushbu yirik jahon forumi nafaqat 2022 yilgi siyosiy kun tartibidagi hodisa, balki Rossiyani madaniyatlar, millatlar, dinlar, siyosiy kuchlar uchrashadigan, muzokara qiladigan va zarurat tugʻilsa yarashadigan maydoni sifatida noyob platforma maqomini tasdiqlanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.

Biz Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi delegatsiyamizga nisbatan barcha cheklovlar olib tashlanishiga erishdik. Bu oson boʻlmadi, ammo biz egallagan qatʼiy pozitsiyamiz tufayli Rossiya delegatsiyasining kamsitilishi – oʻtmish sarqitiga aylandi. Ushbu hodisaning ahamiyatini baholab boʻlmaydi. Chunki bu orqali biz parlamentlararo hamkorlik sohasida kamsitishlarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini yaqqol koʻrsatdik. Ammo gap nafaqat adolatni tiklash, huquq gʻolibligi va siyosiy oʻyinlar ustidan chinakam demokratiya ustuvorligida. Biz PASE (Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi-tahr.) doirasidagi konstruktiv hamkorlikdan umidvormiz va bu yerga jang qilgani yoki hisob-kitob uchun emas, balki Yevropa xalqlari, butun sayyoramiz xalqlari manfaatida ishlash uchun qaytib keldik.

Hamkorlikni ikki tomonlama formatda davom ettirmoqdamiz. Mana yaqinda men hamkasbim, Frantsiya Respublikasi Senati raisi Jerar Larshe bilan video-aloqa orqali muzokaralar oʻtkazdim. Biz “Rossiya - Frantsiya: ishonchga asoslangan kun tartibi uchun” mavzusidagi qoʻshma Rossiya-Frantsiya hisobotini muhokama qildik.

Eslatib oʻtaman, bu bunday ikkinchi hisobot boʻlib, unda biz Rossiya va Frantsiya oʻrtasidagi siyosiy muloqotni kengaytirishga, kelajak uchun ikki tomonlama kun tartibini shakllantirishda parlamentlarning qoʻshayotgan jiddiy hissasini koʻrmoqdamiz, chunki hisobot nafaqat soatlarni solishtirish, balki oʻzaro hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvchi keyingi harakatlarning oʻziga xos “yoʻl xaritasi”dir. Bu parlamentlar boshqa siyosiy aloqalarni quvib oʻtib, kelajakka oʻzgacha shukuh beradigan uziga hos hodisadir.

Oʻylaymanki, bugungi kunda mamlakatlarimiz parlament aʼzolarining xalqaro munosabatlarda yangi uslubni shakllantirish tomon umumiy intilishlari haqida dadil gapirish mumkin. Aynan shu nuqtai nazardan, Rossiya senatorlarining qurollarni qisqartirish boʻyicha xalqaro shartnoma bazasini saqlab qolish uchun parlamentlar darajasida xalqaro muzokaralar maydonini yaratish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqish kerak.

Bunday qoʻshma maʼruzalarni tayyorlash, mening fikrimcha, parlament aʼzolari oʻrtasidagi hamkorlikning juda samarali shaklidir. Biz uni boshqa davlatlar parlamentlari bilan hamkorlikda ham qoʻllaymiz. Hozirda Federatsiya Kengashi va Italiya Respublikasi Senatining taalluqli qoʻmitalari RF va Italiyaning kelajakdagi munosabatlariga oid maʼruza ustida ishlamoqda. Uning taqdimoti bu yil boʻlib oʻtishi mumkin.

Biz Rossiyada MDH davlatlarini strategik sheriklarimiz deb bilamiz. Mart oyining boshida Belarusiyaga tashrif buyurganimda, oʻzaro ishonchga yana bir bor amin boʻldim. Men chuqur qoniqish bilan aytishim mumkinki, natsistlar ustidan Buyuk Gʻalabaning tarixiy merosiga bagʻishlangan Belarus va Rossiya mintaqalarining VII forumiga tayyorgarlik davom etmoqda. Tashkiliy qoʻmitaning 16 iyun kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida, forum 2020 yil 23-25 ​​sentyabr kunlari oʻtkazilishi oldindan kelishib olindi.

Koʻplab senatorlarning xorijiy davlatlardagi hamkasblari bilan bevosita aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Ular tez-tez qoʻngʻiroqlashib turadilar, fikr almashishadi. Parlament diplomatiyasining asosi va uning muvaffaqiyatini aynan mana shunday insoniy munosabatlar tashkil etadi, deb oʻylayman.

Asosiy mavzular