19:45 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
30710

Maxsus vakilning aytishicha, Afgʻoniston kelajagi uchun kiritiladigan investitsiyalar yoʻlida barcha afgʻonlar murosaga borishga majbur boʻlishlarini "Tolibon" tan olmoqda

TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Doxada Qatar va "Tolibon" radikal harakati delegatsiyasi bilan muzokaralar oʻtkazdi va Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish masalalarini muhokama qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

"AQSH moliyaviy rivojlanish xalqaro korporatsiyasi rahbari Adam Beyler bilan birgalikda Doxada Qatar TIV va qatar fondi (vakillari) bilan uchrashuv oʻtkazdik, tinchlik oʻrnatish va mintaqani rivojlantirish boʻyicha afgʻon jarayoniga hamkorlikda investitsiya kiritish imkoniyatlarini muhokama qildik", - deb yozgan Xalilzod Twitterda. Shuningdek, u bu masalada uni tushunganliklari va bunday investitsiyalarni kiritishning haqiqatda imkoni borligini qayd etgan.

Maxsus vakil soʻzlariga koʻra, u mulla Barodar boshchiligidagi toliblar delegatsiyasi bilan ham uchrashuv oʻtkazgan va bu muzokaralarda Afgʻonistonda "mustahkam oʻrnatilgan tinchlikdan soʻng iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari"ga urgʻu bergan.

"Biz tinchlikni qoʻllab-quvvatlash uchun rivojlanish boʻyicha rejalarning amalga oshirilishi erta boshlanishi mumkin emas, degan fikrdamiz, ikkala tomon ham afgʻonlararo muzokaralar yoʻli davomida soʻnggi toʻsiqlarni yenga olishlari mumkinligini tan olamiz", - deb yozgan Xalilzod.

Maxsus vakilning aytishicha, Afgʻoniston kelajagi uchun kiritiladigan investitsiyalar yoʻlida barcha afgʻonlar murosaga borishga majbur boʻlishlarini "Tolibon" tan olmoqda

Asosiy mavzular