22:13 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
363 0 0

Boku maʼlumotiga koʻra, 11 nafar ozarbayjon harbiylari, jumladan general halok boʻlgan. Arman tomoni toʻrt nafar ofitser halok boʻlgani va oʻn nafar harbiy jarohatlangani haqida maʼlum qildi. Ikkala tomon otishma uchun javobgarlikni bir-biriga yuklamoqda.

TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev togʻli qorabogʻ mojarosini bartaraf etish boʻyicha puch muzokaralar ozarbayjon xalqining joniga tegganini maʼlum qildi, u vositachilar buni tushunib yetishlari lozimligini aytdi.

"Bu maʼnosiz muzokaralar ozarbayjon xalqining joniga tegdi. Shu bois, ushbu masala bilan shugʻullanayotganlar va shu kunlarda oʻz vositachilik takliflarini ilgari surayotganlar bu haqda oʻylashsin, ozarbayjon xalqining sabri bepoyon emas... Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi qayta tiklanishi shart, va bizning bu masaladagi fikrimiz qatʼiydir", - dedi Aliyev Ozarbayjonning birinchi yarim yillikdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga agʻishlangan vazirlar mahkamasi yigʻilishida. Prezident soʻzlaridan "Azertadj" davlat agentligi iqtibos keltirgan.

Ozarbayjon prezidenti "hech kimga Ozarbayjondagi voqealarni rivojlantirishga maslahat bermasligini" aytdi. "Bunga ehtiyoj yoʻq. Bu ziyon yetkazishi mumkin. Biz qachon, nima va qanday qilish kerakligini bilamiz", - degan Aliyev.

Qorabogʻ mojarosi 1988 yilning fevralida, Togʻli-Qorabogʻ avtonom viloyati oʻzining Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqishi haqida eʼlon qilganida boshlangan edi. 1992-1994 yilgi qurollangan qarama-qarshilik davomida Ozarbayjon Togʻli Qorabogʻ va unga qarashli yettita tuman ustidan nazoratni boy bergan. 1992 yildan buyon OBSEning Minsk guruhi doirasida - hamraislar - Rossiya, AQSH va Frantsiya boshchiligida mojaroni tinch yoʻl bilan bartaraf etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazib kelinadi.

Yakshanba, 12 iyul kuni Ozarbayjon va Armaniston chegarasida –Gruziya va mos ravishda Tavush viloyati bilan chegaradosh Tovuz tumanida - tan olinmagan, vaziyati tinch turgan Togʻli Qorabogʻdan bir necha yuz kilometr narida harbiy toʻqnashuvlar roʻy berdi. Otishma joyida - Movses qishlogʻi yaqinida - harbiy postlar joylashgan.

Boku maʼlumotiga koʻra, 11 nafar ozarbayjon harbiylari, jumladan general halok boʻlgan. Arman tomoni toʻrt nafar ofitser halok boʻlgani va oʻn nafar harbiy jarohatlangani haqida maʼlum qildi. Ikkala tomon otishma uchun javobgarlikni bir-biriga yuklamoqda.

Qator mamlakatlar, shu jumladan, Oʻzbekiston TIV, va xalqaro tashkilotlar Armaniston-Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatdan tashvishda ekanliklarini bildirdilar va tomonlarni muloqotga chorladilar. RF TIV Boku va Yerevanga vaziyatni barqarorlashtirishda yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi. OBSE ikkala tomonni zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi.

Asosiy mavzular