03:45 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
621 0 0

Belarus prezidenti saylovlari natijalari tan olinishi uchun saylovchilarning 50 foizidan ziyodi ovoz berishi kerak.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Soat 12:00 da (mahalliy vaqt bilan) Belarusda prezident saylovlari boʻlib oʻtgan deb tan olindi. Bu haqda Sputnik Belarus nashri Markaziy saylov komissiyasi raisi Lidiya Yermoshina soʻzlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Yermoshinaning soʻzlariga koʻra, soat 12:00 da saylovda ovoz berganlar 54 foizni tashkil etdi va bu saylovni boʻlib oʻtgan deb tan olishga imkon beradi.

Belarus prezidenti saylovlari natijalari tan olinishi uchun saylovchilarning 50 foizidan ziyodi ovoz berishi kerak. Saylanish uchun ovozlarning yarmidan koʻpini olish talab etiladi.

Belarusda besh nomzod prezidentlik kursisi uchun kurash olib borishmoqda: Aleksandr Lukashenko (amaldagi prezident), Sergey Cherechen (Belarus sotsial-demokratlar partiyasi raisi), Anna Kanopatskaya (sobiq deputat, tadbirkor, huquqshunos), Andrey Dmitriyev  (jamoat arbobi, “Govori pravdu” birlashmasi hamraisi), Svetlana Tixanovskaya (roʻyxatdan oʻtish rad etilgan gomellik blogerning rafiqasi).

Asosiy mavzular