15:32 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
431 0 0

2020 yil 17 avgustdan Qozogʻiston bosqichma-bosqich xalqaro parvozlarni qayta tiklaydi. Avvaliga qozogʻistonliklar yettita mamlakatga parvoz qilishlari mumkin.

TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Qozogʻiston bosqichma-bosqich qator davlatlarga, jumladan, Rossiyaga xalqaro parvozlarni qayta tiklamoqda. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston mamlakat fuqaro aviatsiyasi qoʻmitasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Qozogʻistonliklar 17 avgustdan Birlashgan Arab Amirliklari, Belarus, Germaniya, Niderlandiya, Misr, Ukraina va Rossiyaga parvoz qilishlari mumkin.

“Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yuqorida keltirilgan mamlakatlar aviatsiya hukumati bilan birgalikda oldindan muntazam yoʻlovchi reyslarini qayta tiklash masalasi ishlab chiqilgan. Shu bilan birga shuni taʼkidlash joizki, Rossiyaga parvozlarni amalga oshirish uchun Rossiya tomonining ruxsatnomasi talab etiladi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, reyslar amaldagi havo aloqalari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimlar asosida amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular