22:34 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
421 0 0

Belarus Mudofaa vazirligi Litva tomonidan mamlakat havo hududini buzishga qaratilgan provokatsiyani oldini oldi.

TOSHKENT, 24 avg — Sputnik. Belarus Mudofaa vazirligi Litva tomonidan mamlakat havo hududini buzishga qaratilgan "provokatsiya"ni oldini oldi. Bu haqda  Belarus Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Mudofaa vazirligi oʻtgan yakshanba kuni Belarusning havo hududini buzishga urinish yuz bergani haqida maʼlumot berdi.

"Taxminan soat 19.30 larda havo kuchlari va havo mudofaasi kuchlari tomonidan Litva Respublikasidan Oshmyan viloyatining Volkovshina aholi punktida provokatsiyani oldi olindi. Qoʻshni hududdan davlatga qarshi ramzlarga ega boʻlgan 8ta shardan iborat zond uchirildi", - deyilgan xabarda.

Havo hujumiga qarshi MI-24 vertolyotlari ekipajlari tomonidan qurol ishlatmasdan sharlarning parvozini toʻxtatdi.

Belarus Mudofaa vazirligi holat yuzasidan tegishli materiallarni tayyorladi va ularni mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga yubordi. Litvaga tegishli nota tayyorlanadi.

 

Asosiy mavzular