01:11 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
568 0 0

Rossiyaning T-14 “Armata” tankining pilotsiz versiyasi yaratuvchilari masofadan boshqariladigan har qanday mashinaga xos boʻlgan muammoni hal qilishga muvaffaq boʻlishdi.

TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Rossiyaning T-14 “Armata” tankining pilotsiz versiyasi yaratuvchilari masofadan boshqariladigan har qanday mashinaga xos boʻlgan muammoni hal qilishga muvaffaq boʻlishdi. Bu fikrni National Interest nashridagi maqola uchun amerikalik publitsist Piter Suchiu bildirdi.

Avvalroq Rossiyaning eng soʻngi T-14 "Armata" tanki pilotsiz rejimda sinovlari boʻlib oʻtgani maʼlum boʻldi.

Publitsist fikricha, texnikani "vaziyat boʻyicha ogohlik tizimi" bilan jihozlanishi masofadan boshqariladigan mashinalarga taalluqli eng muhim masala. T-14 yaratuvchilari bu masalaga tankning butun korpusi boʻylab keng burchakli videokameralarni joylashtirish orqali javob berishdi. Ular 360 darajada yoritib berishni taʼminlaydi va ekipajni vaziyat haqida maʼlumot bilan taʼminlaydi.

Tankning yana bir innovatsion xususiyati deb publitsist pilotsiz minorani atadi. U oʻz ichiga masofadan boshqariladigan, 125mm 2A82-1M toʻla avtomatlashtirilgan yuklash tizimiga ega silliq stvollik toʻpni oladi.

Mutaxassis T-14ning soatiga 90 kilometr tezlikda harakatlanishiga eʼtibor qaratdi. Uning tahminiga koʻra, bu Amerikaning M-1 Abrams tankiga qaraganda uni koʻproq harakatchan qiladi.

Taʼkidlanishicha, Rossiyaning yangi tanki razvedka amaliyotlarini olib borishi, oʻziyurar artilleriya qurilmalari, “yer sirti-havo” raketa tizimlari va hatto T-90 tanklarini nishonlarni belgilash va oʻqqa tutish jarayonida qatnashishi mumkin.

T-14 urushdan keyingi uchinchi avloddagi dunyodagi yagona tankdir, u dushman bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada yaqin jang qilish, boshpanalarda va ochiq joylarda joylashgan motooʻqchi boʻlinmalari, istehkomlar va dushman tirik kuchlarining hujumini qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan.

 

Asosiy mavzular