22:47 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Dunyoda
Havola olish
859 0 0

Veterinarlarning maʼlum qilishicha, toʻrtala it olgan jarohatlar bir xil. Shikastlar bir necha kun farqi bilan yetkazilgan. Volontyorlar politsiyaga ariza yozishdi

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. Qozogʻistonlik volontyorlar Nur-Sultonda toʻrtta zoʻrlangan daydi kuchuk va mushuklarni aniqlashgani haqida maʼlum qilishdi. Jonivorlarning toʻrttasi jinsiy aʼzolarida yirtilishlar bilan veterinariya klinikasiga olib borilgan.

Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar bermoqda.

Seshanba kuni volontyorlar toʻrtta it ustida jinsiy xarakterdagi zoʻravonlik amalga oshirilgani faktini tasdiqlovchi tibbiy xulosani qoʻlga kiritganlar.

"Jonivorlardan birida qon ketish kuzatilayotgan edi. Uni zudlik bilan klinikaga olib bordik. 7 sentyabr kuni yana uchta itni klinikaga yetkazdik va politsiyaga murojaat qildik. 8 sentyabr kuni izolyatordagi toʻrtala it ustidan jinsiy xarakterdagi zoʻravonlik amalga oshirilgani toʻgʻrisidagi faktni tasdiqlovchi tibbiy xulosani qoʻlga kiritdik. Oʻsha kunning oʻzidayoq "Astana Vetservis" rahbariyatini yuz bergan shafqatsizlik haqida ogʻzaki ogohlantirdik. Ertasi kuni yozma shaklda ogohlantirish yoʻlladik", – deyiladi xabarda.

Veterinarlarning maʼlum qilishicha, toʻrtala it olgan jarohatlar bir xil. Shikastlar bir necha kun farqi bilan yetkazilgan. Xabarda aytilishicha, jonivorlar ushbu izolyatorda anchadan buyon saqlanib keladi. Volontyorlar ushbu ish albatta oʻz yakuniga yetkazilishiga umid bildirganlar. Volonterlarning fikricha, itlar ustidan zoʻravonlik, chamasi doimiy xarakter kasb etadi va pul topish maqsadida amalga oshirilgan boʻlishi mumkin.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular